AQŞ prezidenti Donald Tramp Eron va Isroil kelişuvga erişib, harbiy harakatlarni töxtata olişiga umid bildirdi. «Umid qilamanki, kelişuvga erişiladi. Öylaymanki, kelişuv vaqti keldi va biz nima bölişini köramiz. Ba’zan, birinçi navbatda, kuraşib köriş kerak, lekin nima bölişini köramiz», — dedi u 15 iyun, yakşanba kuni Kanadadagi G7 sammitiga jönab ketişdan oldin jurnalistlar bilan suhbat çoğida.
Oq uy rahbari Qöşma Ştatlar Isroil mudofaasini qöllab-quvvatlaşda davom etiş niyatida ekanini ma’lum qildi. Biroq Amerika rahbari mamlakatning Eronga zarbalarini töxtatişni söragani yoki söramagani haqida ma’lumot bermadi.
Eron va Isroil Hindiston va Pokiston misolida harbiy harakatlarni töxtatiş böyiça kelişuv tuzişi kerak, deb yozdi Tramp Truth Social ijtimoiy tarmoğida. Öz postida Oq uy rahbari birinçi prezidentlik davrida Serbiya va Kosovo örtasidagi mojaroning uruşga aylanib ketişining oldini olganini aytdi. Bundan taşqari, Tramp Misr va Efiopiya örtasidagi tinçlikni özining xizmatlari bilan boğladi.
«Xuddi şunday, biz tez orada Isroil va Eron örtasida tinçlikka erişamiz! Hozir köp telefon qönğiroqlari va uçraşuvlar bölyapti. Men juda köp iş qilyapman, lekin buni heç qaçon gapirmayman – odamlar tuşunyapti», deb yozadi u. AQŞ prezidenti öz postining oxirida Yaqin Şarqqa buyuklikni qaytarişga çaqirdi.










