15 iyun, yakşanba kuni Ispaniya va Italiyaning maşhur sayyohlik şaharlarida nazoratsiz turizmga qarşi namoyişlar bölib ötdi. Barselonadagi mitingda olti yuzga yaqin kişi iştirok etdi. Reuters xabariga köra, yiğilganlar: «Sizning ta’tilingiz – mening baxtsizligim» deb hayqirgan va qöllariga «Ommaviy turizm şaharni öldirmoqda», «Ularning oçközligi bizni vayron qilmoqda» degan şiorlar yozilgan plakatlarni uşlab olgan. Ulardan ba’zilari suv töpponçasidan ham öq uzgan va dökonlar va mehmonxonalar vitrinalariga «Turistlar, uyga qaytinglar» deb yozilgan stikerlarni yopiştirib çiqqan.

Ötgan yili 1,6 million aholisi bölgan Barselona 26 million sayyohni qabul qilgan, deya qayd etadi Reuters.

Sayyohlar oqimini kamaytiriş talabi bilan namoyişlar janubiy Yevropaning boşqa şaharlarida ham bölib ötdi: xususan, Malaga, Palma-de-Mayorka, San-Sebastyan, Granada va Ispaniyaning Ibitsa orolida, şuningdek, Italiyaning Genuya, Palermo, Neapol, Milan va Venetsiyasida. Sönggisida namoyişçilar 1500 ga yaqin sayyohni siğdira oladigan ikkita yangi mehmonxona qurilişiga tösqinlik qilmoqçi.

2025 yilda Yevropada xalqaro sayohat xarajatlari 11 foizga oşib, 838 milliard dollarni (727 milliard yevro) taşkil etişi mumkin, deb yozadi Reuters. Fransiya va Ispaniya rekord darajadagi sayyohlarni qabul qilişi kutilmoqda.