Eronning Natanz şahridagi uranni boyitiş zavodidagi sentrifugalar Isroil zarbalari natijasida «agar töliq vayron bölmagan bölsa, jiddiy şikastlangan», dedi Atom energiyasi böyiça xalqaro agentlik (AEXA) rahbari Rafael Grossi 16 iyun, duşanba kuni Britaniyaning BBC mediakompaniyasiga.
Grossining sözlariga köra, Natanzdagi sentrifugalarning şikastlanişi, ehtimol, elektr ta’minotidagi uzilişlar natijasida bölgan va stansiyaning yerusti qismi zarbalar natijasida «butunlay vayron bölgan». Biroq sentrifugalar joylaşgan yerosti zaliga töğridan töğri zarba berilmagan, dedi AEXA rahbari.
Uning qöşimça qilişiça, Isroil zarbalari natijasida Isfahon yadro markazidagi törtta bino vayron bölgan. Biroq, Fordodagi uranni boyitiş böyiça yerosti zavodi, aftidan, zarar körmagan.
AEXA 14 iyun kuni uran 60 foizgaça boyitilgan Natanzdagi obektda radiologik va kimyoviy ifloslaniş aniqlangani haqida xabar berdi. Grossining sözlariga köra, Isroil zarbalari obektning energiya infratuzilmasi, jumladan, zaxira generatorlarini yöq qilgan. Biroq, zavoddan taşqarida radiatsiya darajasi normal çegaralarda qoldi.
Şu kuni agentlik Isroilning zarbalari natijasida Isfahondagi yadro markazida uranni qayta işlaş zavodi va yonilği plastinalari işlab çiqaruvçi zavodga zarar yetganini ma’lum qildi.










