17 iyunga ötar keçasi Rossiya qöşini Kiyevga yirik zarba berdi. Şahar harbiy ma’muriyati rahbari Timur Tkaçenkoning ma’lum qilişiça, Ukraina poytaxti va Kiyev oblasti böylab 175 ta dron va 14 ta raketa, jumladan, ikkita ballistik raketa uçirilgan.

Ukraina içki işlar vaziri Igor Klimenko Kiyevning Solomenskiy rayonidagi töqqiz qavatli turar joy binosiga Rossiya ballistik raketasi kelib urilganini aytdi.

«Pod’yezd butunlay vayron qilingan. Va u yertölagaça yöq qilindi, çunki bu töğridan töğri urilgan zarba edi», – deya uning sözlarini keltiradi «Ukrainskaya pravda».

Kiyev şahri meri Vitaliy Kliçkoning sözlariga köra, Solomenskiy rayonida 14 kişi halok bölgan. «Xarobalar ostida odamlar bölişi mumkin. Biz qurbonlar soni ortişini istisno etmaymiz», – degan u. 

Kiyevga tungi hujum oqibatida 99 kişi jarohatlangan, şundan 59 nafari şifoxonaga yotqizilgan. Jabrlanganlar orasida bolalar ham bor.

Kiyevdagi havo trevogasi taxminan töqqiz soat davom etdi, deyiladi Ukraina boş prokurori idorasi xabarida. Kiyevning Darnitskiy rayonida hujumdan keyin boşlangan yonğin oqibatida turar joy binosining bir neçta xonadonlari zarar körgan. Yonğin Şevçenko rayonidagi turar joy binosining yuqori qavatlarida ham sodir bölgan.

Kiyevdagi köp qavatli turar joy binosidagi yonğin
AP / Scanpix / LETA

Bundan taşqari, Ukraina poytaxtida Kiyev aviatsiya instituti yotoqxonasi şikastlangan, dedi universitet rektori Kseniya Semenova. «Institut yotoqxonasiga parçalar tuşgan», – degan u. Semenovaning sözlariga köra, hodisa oqibatida jarohatlanganlar bor, ularning soniga aniqlik kiritilmagan.

Kiyevda bir qismi qulagan uyda yaşovçilardan birining evakuatsiya qilinişi
Evgeniy Maloletka / AP / Scanpix / LETA

Tun davomida Rossiya qöşini Ukrainaga 440 ta dron va 32 ta raketa uçirdi, dedi mamlakat prezidenti Volodimir Zelenskiy. Kiyev şahri va Kiyev oblastidan taşqari Odessa, Zaporijjya, Çernihiv, Jitomir, Kirovograd va Mikolayiv oblastlari ham hujumga uçragan.