16 iyun, duşanba kuni Iran International agentligi manbalarga tayanib xabar berişiça, Eron oliy rahbari Ali Xominaiy Isroilning Islom Respublikasiga qarşi operatsiyasi boşlanganidan bir neça soat ötib yerosti bunkeriga kirib olgan. Ularning ma’lumotlariga köra, Xominaiy panoh topgan obekt Tehronning şimoli-şarqida, Lavizan tumanida joylaşgan.
Boşpanada oliy rahbar bilan birga uning oila a’zolari ham bor. Naşrning qayd etişiça, Isroilga qarşi oldingi amaliyotlar çoğida – 2024 yilning aprel va oktyabr oylarida ham Xominaiy uşbu bunkerda bölgan.
Şu bilan birga, Iran International manbalaridan biriga köra, Isroil 15 iyun kuni yahudiy davlatidan 2,3 ming km uzoqlikda joylaşgan Maşhad aeroportiga Xominaiy özini heç qayerda xavfsiz his qila olmasligini körsatiş uçun zarba bergan.
AQŞ prezidenti Donald Tramp Isroilning Eron oliy rahbari Ali Xominaiyni öldiriş rejasiga veto qöydi. Bu haqda Reuters agentligi xabar berdi. «Eronliklar bitta amerikalikni öldirdimi? Yöq. Ular şunday qilmagunça, siyosiy rahbariyatdan (Eron) heç kimni yöq qiliş ğoyasi hatto stolda ham yöq», dedi ismi sir qoliş şarti bilan jurnalistlarga AQŞ ma’muriyatining yuqori martabali amaldori.
Isroil boş vaziri Binyamin Netanyahu Amerikaning Fox News kanaliga bu ma’lumotni quyidagiça izohladi: «Hozir heç qaçon bölmagan suhbatlar haqida juda köp yolğon xabarlar bor va men bunga qöşilmoqçi emasman. Aytişim mumkinki, biz qilişimiz kerak bölgan işni qilyapmiz va qilişimiz kerak bölgan işni qilamiz. Menimça, Qöşma Ştatlar AQŞ uçun nima yaxşi yoki nima yomon ekanini biladi».
Avvalroq The Wall Street Journal ismini oşkor etmagan isroillik mulozimga tayangan holda Xominaiyga hujum qiliş «taqiqlanmagani»ni aytgan edi. WSJ manbasi qöşimça qilişiça, Isroil agar bu Eron yadroviy dasturini yöq qilişga yordam bersa, Erondagi har qanday ehtimoliy nişonlarga zarba berişi mumkin.









