Rossiya va Tojikiston «Barqi Tojik» energetika kompaniyasining Sangtuda-1 GES oldidagi 297 million dollarlik qarzidan keçişga kelişib oldi. Bu haqda Tojikistonning «Xovar» axborot agentligi xabar berdi.
Tojikiston parlamenti quyi palatasi «Sangtuda-1» gidroelektr stansiyasidan foydalaniş böyiça hukumatlararo kelişuvga özgartirişlarni ma’qulladi. Aksiyalarining 75 foizi Rossiyaga, 25 foizi Tojikistonga tegişli. Stansiya elektr energiyasini faqat «Barqi Tojik» davlat kompaniyasiga yetkazib beradi.
Yangi kelişuvga köra, 2025 yildan 2034 yilgaça «Barqi Tojik»ning 2024 yil oxirigaça töplangan 3,257 milliard somoniy (taxminan 297 million dollar) qarzi bosqiçma-bosqiç hisobdan çiqariladi.
Elektr energiyasi tarifi yarmidan köproqqa pasaytiriladi – 3,168 sentdan 1,5 sentgaça, keyin esa 2032 yilga borib 2,2 sentgaça oşiriladi. Kelgusida, 2033 yildan 2048 yil oxirigaça tarif 3,3 sent darajasida qoladi. Tomonlarning uşbu obektga kiritgan investitsiyalarini qoplaş muddati 20 yildan 35 yilgaça uzaytirildi: 2034 yildan 2048 yilgaça.
Sangtuda-1 GES loyiha quvvati 670 Mvt bölib, Tojikistondagi elektr energiyasining qariyb 12 foizini işlab çiqaradi.









