Yevropa Ittifoqi Rossiyaning Isroil va Eron örtasidagi keskinlaşib borayotgan mojaroda vositaçilik qilayotganiga qarşi çiqdi. 16 iyun, duşanba kuni AFP Yevropa komissiyasi vakili Anvar al-Anuniyga tayanib xabar berişiça, Moskva Tehron bilan munosabatlari tufayli «obektiv vositaçi» sifatida harakat qila olmaydi. Uning eslatişiça, yanvar oyida Rossiya va Eron boşqa narsalar qatori ikki davlat örtasidagi harbiy hamkorlikni mustahkamlaşni nazarda tutuvçi şeriklik şartnomasini imzolagan.
Bundan taşqari, Yevrokomissiya vakilining sözlariga köra, Rossiya Ukrainaga qarşi tajovuzkor uruş olib borayotgani munosabati bilan «nolga teng işonçga ega» va u bu uruş davomida «xalqaro huquq va BMT nizomini doimiy ravişda buzadi».
Kuni keça AQŞ prezidenti Donald Tramp Eron-Isroil mojarosini hal qilişda Rossiya prezidenti Vladimir Putinning ehtimoliy vositaçiligiga «oçiq» ekanini aytdi. «U tayyor. U menga bu haqda qönğiroq qildi. Biz bu haqda uzoq gaplaşdik», dedi Oq uy rahbari ABC News telekanaliga.
13 iyunga ötar keçasi Isroil Erondagi nişonlarga, jumladan Tehrondagi obektlar va yadro markazlariga kuçli zarbalar bera boşladi. Bu zarbalar keyingi kunlarda ham davom etdi. Oqibatda Islom inqilobi muhofizlari korpusi qömondoni Husayn Salamiy, Eron Qurolli kuçlari boş ştabi boşliği Muhammad Bağiriy va boşqa bir qator yuqori martabali generallar, şuningdek, yadroşunos olimlar halok böldi. Eron matbuotiga köra, Isroil hujumlarida 220 dan ortiq odam hayotdan köz yumgan.









