AQŞ bazalariga hujum qilişga tayyor Eron, «Sözsiz kapitulyatsiya» söragan Tramp va Ğazoda davom etayotgan genotsid – kun dayjesti
|19:12 / 18.06.20258 22910 min
Ötgan kun davomida jahonda röy bergan eng asosiy voqea va yangiliklar şarhi bilan kundalik xabarnomada taniştiramiz.
AQŞ rasmiylari: Agar uruşga qöşilsak, Eron AQŞ harbiy bazalariga hujum qilişga tayyor
AQŞ razvedka hisobotlarini körib çiqqan amerikalik rasmiylarga köra, Eron AQŞ Isroilning uruşiga qöşilsa, Yaqin Şarqdagi AQŞ bazalariga zarba beriş uçun raketalar va boşqa harbiy jihozlarni tayyorlagan. Bu haqda Oq uydagi manbalariga tayanib New York Times naşri xabar bermoqda.
AQŞ şu kunlarda Yevropaga taxminan 30 dan ortiq yonilği quyiş samolyotlarini yuborgan. Bu samolyotlar AQŞ bazalarini himoya qiluvçi qiruvçi samolyotlarga xizmat qilişi yoki Eronning yadroviy inşootlariga hujumda qatnaşuvçi bombardimonçi samolyotlar parvoz masofasini kengaytirişda işlatilişi mumkin.
Isroil Eron bilan mojaro fonida Oq uyga rasmiylar orasida uruş kengayişi böyiça xavotirlar ortmoqda. Agar AQŞ Isroil harbiy kampaniyasiga qöşilib, Eronning muhim yadroviy inşootiga zarba bersa, Eron bilan ittifoqdagi husiylar Qizil dengizda kemalarga hujumlarni qayta boşlaşi deyarli aniq. Bundan taşqari, Iroq, Livan va Suriyadagi Eronning proksi guruhlari AQŞ bazalariga hujum qilişga urinişi mumkin. AQŞ Yaqin Şarqdagi bazalarda joylaşgan harbiylarini yuqori tayyorgarlik holatiga keltirdi, bu hududda jami 40 mingdan ortiq AQŞ askarlari bor.
Boşqa rasmiylar aytişiça, hujum yuz bersa, Eron Fors körfazidagi AQŞ harbiy kemalarini harakatsizlantiriş maqsadida Hörmuz böğozini minalaşi mumkin.
Eron taşqi işlar vaziri Abbos Aroqçiy duşanba kuni bergan bayonotida: «Duşmanlarimiz harbiy zarbalar orqali bizga ta’sir ötkaza olmaydi va Eron xalqiga öz buyruqlarini bera olmaydi», – degandi. AQŞ rasmiylariga köra, Eron mintaqadagi AQŞ harbiy bazalariga zarba beriş uçun uzoq tayyorgarlikka muhtoj emas. Eron harbiylari Bahrayn, Qatar va BAA hududlariga oson yetib boradigan masofada raketa bazalariga ega.
Agar AQŞ uruşga qöşilsa, eng ehtimoliy ssenariy – AQŞning B-2 turidagi maxfiy bombardimonçi samolyotlari tomonidan, Fordo toğ ostidagi inşootiga kirib borişga möljallangan «MOP» («Massive Ordnance Penetrator») bombasi yordamida hujum uyuştirilişidir. Fordoga uyuştiriladigan zarba Eronning yadroviy salohiyatiga qança zarar yetkazişi yoki qurol işlab çiqişini qança muddatga keçiktirişi hozirça noma’lum. Eron hozirda boyitilgan uranni mamlakatdagi turli joylarda tunnel içida saqlamoqda.
AQŞ tomonidan yoki uning yordamida Fordoga uyuştiriladigan har qanday zarba Eron va uning ittifoqçilariga javob beriş uçun bahona böladi. Eron va ittifoqçilari ilgari ham AQŞga zarar yetkaza olgan.
Mavzuga oid
Mutaxassislar aytişiça, Isroilning hujumlari Tehronning yondaşuvini özgartirgan bölişi mumkin. Endilikda Tehron faqat töliq yadroviy qurolga ega böliş orqali kelajakdagi hujumlardan saqlaniş mumkinligini anglab yetgan bölişi mumkin. Ba’zi rasmiylar, agar Eron har qanday holatda ham yadro qurolini yaratişga kirişadigan bölsa, Tramp ma’muriyatiga uni nişonga oliş uçun bosim kuçayişini ta’kidlamoqda.
Mudofaa ustuvorliklari (Defense Priorities) tahlil markazi Yaqin Şarq dasturi rahbari Rozmari Kelanikning aytişiça, Isroil zarbasi Eronga yadroviy qurol yaratiş uçun turtki bölgan. "Agar AQŞ ham uruşga qöşilsa, bu turtki bir neça barobar kuçayadi," — deydi tahlilçi.
Tramp va Xominaiy
Eron yadro quroliga ega bölişiga yöl qöymasligini aytib kelayotgan AQŞ prezidenti Donald Tramp, seşanba kuni Erondan şarsiz taslim bölişni talab qildi. U, şuningdek Eron oliy rahbari Ali Xominaiy qayerdaligini bilişini aytdi.
«Biz «oliy rahbar» deb ataluvçi şaxs qayerda yaşiringanini aniq bilamiz. U oson nişon, lekin u omonlikda. Biz uni uşlamoqçi (öldirmoqçi!) emasmiz, heç bölmaganda hozirça. Lekin biz tinç aholi yoki amerikalik askarlarga qarata raketa otilişini istamaymiz. Sabr-toqatimiz tölib bormoqda», dedi Tramp va «Sözsiz kapitulyatsiya!» deb qöşimça qildi.
Şuningdek, Tramp yana AQŞning harbiy salohiyatiga urğu bergan.
«Endi biz Eron osmonini butunlay va töliq nazorat qilyapmiz. Eronda yaxşi kuzatuv tizimlari va boşqa mudofaa uskunalari bor edi, ular juda köp edi. Lekin ular AQŞ yaratgan, loyihalaştirgan va işlab çiqargan narsalar bilan taqqoslaganda heç narsa emas. Heç kim buni Amerikadan yaxşiroq qilolmaydi!» deb yozdi Tramp.
Iran International agentligi manbalarga tayanib xabar berişiça, Eron oliy rahbari Ali Xominaiy Isroil operatsiyasi boşlanganidan bir neça soat ötib yerosti bunkeriga kirib olgan. Ularning ma’lumotlariga köra, Xominaiy panoh topgan obekt Tehronning şimoli-şarqida, Lavizan tumanida joylaşgan. Boşpanada oliy rahbar bilan birga uning oila a’zolari ham bor.
Manbalarga köra, Isroil 15 iyun kuni yahudiy davlatidan 2,3 ming km uzoqlikda joylaşgan Maşhad aeroportiga Xominaiy özini heç qayerda xavfsiz his qila olmasligini körsatiş uçun zarba bergan.
Avvalroq, AQŞ prezidenti Donald Tramp Isroilning Eron oliy rahbari Ali Xominaiyni öldiriş rejasiga veto qöygani aytilgan edi. Lekin, Isroil bu vetoga qançalik amal qiladi, bunisi qoronği.
Ğazo va Ukrainaga hujumlar davom etmoqda
Butun dunyoning diqqat-eʼtibori Isroil va Eron uruşida bölib turgan vaqtda boşqa hududlarda ham hujumlar töxtamayapti.
Xususan, Isroil 17 iyun kuni Ğazo sektorining turli hududlariga uyuştirayotgan hujumlari natijasida 76 nafar falastinlik halok böldi, ularning 54 nafari insonparvarlik yordami tarqatilayotgan joylar yaqinida ölgan. 200 dan ortiq kişi yaralangan, ularning köpçiligi oğir ahvolda.
Isroil harbiylari Ğazo şimoli-şarqida yordam kutayotgan tinç aholi vakillarini nişonga olgan. Ğazo soğliqni saqlaş boşqarmasining xabar berişiça, Xon-Yunus janubida joylaşgan Tahlia çorrahasida tinç aholi töplangan joyga qilingan hujum oqibatida kamida 51 kişi halok bölgan, yuzlab odamlar jarohat olgan. Halok bölganlar va yaralanganlar Naser tibbiy markaziga olib kelingan. Rasmiy ma’lumotlarga köra, kamida 20 nafar yaralangan fuqaroning ahvoli oğir.
Şuningdek, Isroil harbiylari Ğazoning janubida joylaşgan Netsarim yölagi böylab yordam kutayotgan odamlarga öq uzdi. Bundan taşqari, sektorning turli hududlariga uyuştirilgan hujumlar önlab falastinliklarning ölimiga sabab bölgani aytilmoqda.
Şimolroqda esa Rossiya-Ukraina uruşi davom etmoqda.
Xususan, 17 iyunga ötar keçasi Rossiya qöşini Ukraina poytaxti va Kiyev oblasti böylab 175 ta dron va 14 ta raketa, jumladan, ikkita ballistik raketa uçirdi.
Ukraina içki işlar vaziri Igor Klimenko Kiyevning Solomenskiy rayonidagi töqqiz qavatli turar joy binosiga Rossiya ballistik raketasi kelib urilganini aytdi. «Pod’yezd butunlay vayron qilingan. Va u yertölagaça yöq qilindi, çunki bu töğridan töğri urilgan zarba edi», – degan Klimenko.
Kiyev şahri meri Vitaliy Kliçkoning sözlariga köra, Solomenskiy rayonida 14 kişi halok bölgan. Kiyevga tungi hujum oqibatida 99 kişi jarohatlangan, şundan 59 nafari şifoxonaga yotqizilgan. Jabrlanganlar orasida bolalar ham bor.
Tramp Yaqin Şarq tufayli G7 sammitini zudlik bilan tark etdi
AQŞ prezidenti Donald Tramp Kanadaning Kananaskis şahrida bölib ötadigan G7 sammitidagi iştirokini zudlik bilan töxtatişga qaror qildi. Bu qadamga Yaqin Şarqdagi vaziyat sabab böldi, deb xabar berdi Oq uy matbuot xizmati.
Trampning matbuot kotibi Kerolayn Livitt X ijtimoiy tarmoğida Amerika yetakçisi sammitda Buyuk Britaniya boş vaziri Kir Starmer bilan yirik savdo bitimini imzolagan holda «kunni ajoyib ötkazganini» yozdi. «Köp narsaga erişildi, biroq Yaqin Şarqda sodir bölayotgan voqealar tufayli prezident Tramp bugun keçqurun davlat rahbarlari bilan keçki ovqatdan keyin jönab ketadi», — dedi Livitt.
CNN’ning xabar berişiça, Tramp öz ma’muriyatining milliy xavfsizlik xodimlariga Vaşingtonda Oq uydagi maxsus xonaga töplanişni buyurgan. Bu xona – AQŞ prezidenti, uning maslahatçilari, harbiy va razvedka idoralari vakillari tomonidan inqirozli vaziyatlarda şoşilinç yiğilişlar uçun foydalaniladigan xonalar majmuasidir. Maxsus xonasida örnatilgan aloqa uskunalari davlat rahbariga butun dunyo böylab Amerika qöşinlariga qömondonlik qiliş imkonini beradi.
Yevroittifoq Qrim va Sevastopol uçun sanksiyalarni uzaytirdi
Yevropa Ittifoqi Rossiyaning Qrim yarimoroli va Sevastopol şahrini noqonuniy qöşib olişi munosabati bilan 2014 yil iyun oyida joriy qilgan sanksiyalarni yana bir yilga uzaytirdi. Bu haqda YeI kengaşi ma’lum qildi.
Bryusselning eslatişiça, gap qöşib olingan Qrimdan Yevropa Ittifoqiga tovar va xizmatlar importini taqiqlaş, yarimorol iqtisodiyotiga sarmoya kiritiş, şuningdek, transport, telekommunikatsiya, energetika, neft va gaz sanoati uçun tovarlar va texnologiyalarni yetkazib beriş haqida ketmoqda.
Rossiya Federatsiyasining Ukrainaga qarşi harbiy tajovuzi munosabati bilan Bryussel allaqaçon Moskvaga qarşi 17 ta sanksiya paketini joriy qilgan.