Reuters xabariga köra, Ukrainadagi uruşni tugatiş böyiça muzokaralarni tezlaştiriş uçun Rossiyaga bosim ötkaziş strategiyasini işlab çiqayotgan Vaşingtondagi idoralararo işçi guruh öz faoliyatini töxtatgan. Agentlik 17 iyun, seşanba kuni AQŞning uç rasmiy vakiliga tayanib xabar berişiça, guruh sönggi bir neça hafta içida amalda tarqatib yuborilgan.

Erta bahorda tuzilgan işçi guruh, jumladan, Rossiyaga sanksiyalarni çetlab ötişga va eksportdan daromad olişga yordam beradigan sobiq SSSR, Şarqiy Yevropa va Osiyo mamlakatlariga bosimni kuçaytiriş çoralarini muhokama qilgan. May oyi oxirida guruh faoliyati töxtab qoldi, çunki uning iştirokçilariga AQŞ prezidenti Donald Tramp Moskvaga nisbatan köproq qarama-qarşilik pozitsiyasini egallaşdan manfaatdor emasligi ayon böldi, deya ta’kidladi agentlik manbalari.

Işçi guruhning vazifasi tobora ahamiyatsiz bölib qoldi, çunki Tramp Ukrainadagi vaziyatni tinç yöl bilan hal qilişga qaratilgan sa’y-harakatlardan hafsalasi pir böldi, bu esa heç qanday yutuqlarga olib kelmadi, deb yozadi Reuters. Unga köra, idoralararo guruh faoliyatiga eng sönggi zarba taxminan uç hafta oldin Milliy xavfsizlik kengaşi (MXK)ning köpçilik a’zolari, jumladan, Ukrainadagi uruş muammolari bilan bevosita şuğullangan jamoaning işdan böşatilişi böldi.