Uçraşuv avvalida Lesli Udvin Think Equal taşkilotining faoliyati va ta’lim dasturlari töğrisida batafsil sözlab berdi. Uning aytişiça, dasturlar bolalarda empatiya va hissiy savodxonlik, öz-özini boşqariş, tanqidiy fikrlaş va muammolarni oqilona hal etiş, kelişmovçiliklarni tinç yöl bilan hal qiliş va boşqa muhim qobiliyatlarni rivojlantirişga qaratilgan.

Öquv dasturlar 30 haftalik bölib, har haftada 3 marta 30 daqiqalik darslarni öz içiga oladi. Darslar maxsus illyustratsiyalangan kitoblar, qöllanmalar va öyinlar orqali ötkaziladi.

Muzokara yakunida Think Equal bilan Özbekiston Maktabgaça va maktab ta’limi vazirligi örtasida hamkorlikni yölga qöyiş böyiça alohida uçraşuv taşkil etiş taklifi qöllab-quvvatlandi.

Think Equal taşkilot 3 yoşdan 6 yoşgaça bölgan bolalar uçun ijtimoiy-emotsional ta’lim dasturlarini amalga oşiradi. Dasturlar ayni vaqtda Hindiston, Keniya, Kanada, Avstraliya Janubiy Afrika, Meksika, Singapur, Buyuk Britaniya va boşqa mamlakatlarning maktabgaça ta’lim muassasalarida hamda maktablarida hamkorlik asosida yölga qöyilgan.