Agar AQŞ uruşga qöşilsa, Eron Amerika harbiy bazalariga zarba beriş uçun raketalar va boşqa qurollarni tayyorlab qöydi, deb yozdi The New York Times (NYT) maxfiy ma’lumotlardan xabardor AQŞ rasmiylariga tayanib.
Eronning ikki nafar rasmiysi agar AQŞ Isroil zarbalariga qöşilsa, Eron Amerikaning Iroqdagi harbiy bazalaridan boşlab, Yaqin Şarqdagi bazalarigaça hujum qilişini tan oldi.
AQŞ rasmiylari orasida, deb yozdi NYT, uruşning keng tus olişidan qörquv kuçaymoqda. Agar AQŞ uruşga qöşilsa va Eronning Fordodagi asosiy yadroviy inşootiga zarba bersa, Yamanning Eron tomonidan qöllab-quvvatlanadigan husiy jangarilari Qizil dengizdagi kemalarga hujumlarni qayta boşlaşi mumkin, deb hisoblamoqda rasmiylar. Ularning aytişiça, Eronga mintaqadagi AQŞ harbiy bazalariga «hujum qiliş uçun köp vaqt kerak emas».
Boşqa manbalarga köra, agar hujum sodir bölsa, Eron Fors körfazida AQŞ harbiy kemalarini tösib qöyiş maqsadida Hurmuz böğozini minalaştirişni boşlaşi mumkin.










