Kanada boş vaziri Mark Karni «Katta yettilik» (G7) sammiti yakunlari böyiça rossiyalik jismoniy va yuridik şaxslarga, şuningdek, belgilangan çegaradan yuqori narxlarda neft taşuvçi 200 dan ortiq «maxfiy flot» kemalariga qarşi yangi sanksiyalarni e’lon qildi.
Sanksiyalar röyxatiga Rossiya prezidenti Vladimir Putinning sobiq xotini Lyudmila Oçeretnaya va uning eri Artur Oçeretniy ham kiritildi.
Şuningdek, 70 nafardan ortiq kişi kiritilgan röyxatda quyidagi nomlar bor:
- dirijyor Valeriy Gergiyev;
- Putinning jiyani Mixail Şelomov;
- Boris Yelsinning qizi Tatyana Yumaşeva va uning eri Valentin Yumaşev;
- «Rosnano» sobiq rahbari Anatoliy Çubais;
- InfoWatch boş direktori Natalya Kasperskaya;
- Avstriya taşqi işlar vazirligining sobiq rahbari Karin Knaysl;
- Nord Stream - 2 sobiq direktori Mattias Varnig;
- badiiy gimnastika böyiça Rossiya milliy terma jamoasining sobiq boş murabbiyi Irina Viner.
Kanada taşqi işlar vaziri Anita Anand ofisi bayonotida bu «Rossiya 2022 yil fevralida Ukrainaga keng kölamli bosqinni boşlaganidan beri Kanadaning eng muhim sanksiya e’lonlaridan biri» ekani aytilgan.
Rossiya prezidenti Vladimir Putin rafiqasi Lyudmila bilan qariyb 30 yillik nikohdan keyin 2014 yilda ajraşdi. Keyinçalik ayol tadbirkor Artur Oçeretniy bilan turmuş qurdi va uning familiyasini oldi.









