Isroil birinçi bölib töxtaşi dargumon, şunday ekan, Tehronning oldida hozir vaziyatdan çiqiş uçun qanday yöllar bor? Kun.uz studiyasida Isroil–Eron uruşining beşinçi kunidan keyingi vaziyat yuzasidan savollarga siyosiy tahlilçilar jonli efirda javob berişadi.
Eron agar AQŞ tomonidan hujum bölsa, harbiy javob berilişini aytmoqda. Şuni bila turib, arab davlatlari öz hududidagi AQŞ harbiy bazalaridan Eronga zarba uçun foydalanilişiga yöl qöyişi mumkinmi?
Kamoliddin Rabbimov: Oxirgi bir neça yil içida mintaqadagi geosiyosiy ohang özgarib boşlagan edi. Bir neça yil oldin Eron bilan Saudiya Pekinda yaraşdi.1979 yildan keyin, taxminan 40 yil mobaynida Eron va Saudiya örtasidagi yaşirinça va oşkora strategik tiraşuv mintaqadagi asosiy masala edi. Lekin Saudiya ham şu narsani tuşundiki, kollektiv ğarb, avvalo Isroil davlati musulmon davlatlarni bir-biriga qarama-qarşi qöyiş va gijgijlaş orqali ularni muttasil zaiflaştirib keldi. Saudiya Arabistoni yillar mobaynida Eron bilan tiraşuv uçun juda ham katta resurs sarfladi. Lekin keyingi 2 yilda aloqalar ilib, özaro elçixonalar qayta oçildi. Isroil bilan hozirgi töqnaşuvlar fonida Saudiya va Eron taşqi işlar vazirlari telefon suhbati ötkazdi, ya’ni munosabatlar ança-munça özgargan.
Odatda harbiy bazalardan foydalaniş şartlari davlatlar örtasidagi kelişuvlarda töliq belgilangan böladi. Nazarimda, har safar hukumatlardan ruxsat sörab ötirilmaydi.
Turkiyaning rasmiy pozitsiyasi Isroilga qarşi va albatta Eron tomonda. Lekin ayni paytda Turkiyaning içkarisidagi harbiy bazalar tölaqonli NATOning nazoratida va doimiy tartibda işlayapti. Bu degani Eron böyiça ma’lumotlar yiğilyapti va Amerikaga berilyapti, Amerika ularni Isroilga beryapti.
Şavkat Ikromov: Donald Tramp may oyida Yaqin Şarq böylab turni amalga oşirdi: Saudiya, BAA va Qatarda böldi. Katta investitsion şartnomalar imzolandi. Arablar pulni şunça berib yubormaydi, ular öz şartlarini qöygan. Xavfsizlik kafolatlari ham ana şu şartlar jumlasidan. Agar AQŞ arab davlatlaridagi bazalaridan turib Eronga hujum uyuştirsa, Eron javob qaytaradi va bu davlatlarning xavfsizligiga berilgan kafolat buziladi. Arab davlatlari özlari xohlamagan holda uruş girdobiga tortilgan böladi.
Şuning uçun ham AQŞ arab davlatlaridagi bazalaridan Eronga hujum qilişi ehtimoli juda kam. Buni Qöşma Ştatlardagi yetakçi ekspert markazlari ham aytib kelmoqda.









