AQŞ prezidenti Donald Tramp va uning milliy xavfsizlik böyiça maslahatçilari örtasida Oq uyda bölib ötgan uçraşuv bir soatdan köproq vaqtdan söng yakuniga yetdi. Bu haqda 17 iyun, seşanba kuni CNN telekanali AQŞ ma’muriyatidagi yuqori martabali manbaga tayanib xabar berdi. Telekanal Tramp Isroilning Eronga zarbalariga qöşiliş ğoyasini körib çiqayotganini taxmin qilmoqda.

AQŞ prezidenti bu imkoniyatni baholayotgani haqida X ijtimoiy tarmoğida CBS News'ning Oq uy muxbiri Sara Kuk ham yozgan. Biroq, uning sözlariga köra, Trampning maslahatçilari örtasida bu borada «birlik yöq».

CNN şuningdek, sönggi bir neça kun içida AQŞ Yaqin Şarqqa 30 dan ortiq samolyotlarini joylaştirganini ta’kidlaydi. Telekanal manbalarining fikriça, Tramp AQŞ harbiy-havo kuçlariga Eronga zarba berayotgan Isroil qiruvçilariga yonilği quyişda yordam berişni buyurişi mumkin.

Ayni paytda The New York Times gazetasi AQŞ razvedkasi ma’lumotlariga tayanib, agar AQŞ Isroil harbiy amaliyotiga qöşilsa va Eronning Fordodagi yerosti yadroviy inşootiga zarba bersa, Eron AQŞning Yaqin Şarqdagi bazalariga zarba beriş uçun «raketa va boşqa qurollar» tayyorlab qöyganini yozdi. Vaşington, şuningdek, bu holatda Yaman husiyçilari Qizil dengizdagi kemalarga hujumlarni davom ettirişidan, Iroq va Suriyadagi eronparast jangçilar esa u yerda joylaşgan AQŞ bazalariga hujum qilişidan xavotirda, deyiladi NYT maqolasida.