Eron oliy rahbari Ali Xominaiy televideniye orqali xalqqa murojaat qildi. Xususan, u AQŞ prezidentining sönggi bayonotlariga javob berib, Eron xalqiga nisbatan «tahdidlar tilida gapirib bölmasligini» ta’kidladi.
Tasnim axborot agentligining xabar berişiça, Xominaiy Eron xalqi «tajovuzkor uruşga qarşi qat’iyat bilan kuraşadi, majburiy tinçlikka könmaydi va heç kimga böysunmaydi», deb aytgan.
Uning sözlariga köra, amerikaliklar «Eronga qarşi har qanday harbiy intervensiya, şubhasiz, ularga jiddiy zarar yetkazişini, muqarrar javob bölişini» yodda tutişi kerak.
17 iyun kuni AQŞ prezidenti Donald Tramp Truth ijtimoiy tarmoğida Eronni «sözsiz taslim bölişga» çaqirdi va AQŞ Eron havo hududini töliq nazorat ostiga olganini qöşimça qildi.
The New York Times gazetasining yozişiça, AQŞ razvedkasi ma’lumotlariga köra, Eron, agar Qöşma Ştatlar harbiy aralaşuvga qaror qilsa, AQŞ bazalariga zarba beriş uçun raketalar va boşqa qurollarni tayyorlagan. ABC News xabariga köra, AQŞ yaqin 24-48 soat içida Eron-Isroil uruşini diplomatik yöl bilan tugatiş yoki Isroil armiyasi hujumlariga qöşiliş haqida qaror qabul qiladi.












