Argentina Davlat razvedka kotibiyati (SIDE) mamlakatda Kreml manfaati uçun işlaydigan agentlar tarmoğini foş qildi. Bu haqda Argentina prezidenti Xaviyer Miley matbuot kotibi Manuel Adorni xabar berdi.

«Argentinadagi rossiyaliklar mahalliy fuqarolar bilan yaqin hamkorlikda Rossiyaning geosiyosiy manfaatlari yölida şubhali vazifalarni amalga oşiriş bilan şuğullangan. Tergov Rossiya hukumatiga aloqador «Kompaniya» deb nomlangan taşkilot mavjudligini aniqladi. Bu rossiyalik marhum oligarx Yevgeniy Prigojin rahbarlik qilgan «Laxta» loyihasi bilan boğliq. Taşkilotning Argentinadagi yetakçisi Lev Konstantinoviç Andriaşvili bölgan. U xotini Irina Yakovenko bilan birga taşkilotning mahalliy a’zolarini moliyalaştiriş va hamkorlikni rivojlantiriş uçun mas’ul bölgan», dedi Adorni. 

Adorni sözlariga köra, foş qilingan taşkilotning maqsadi Argentinada mahalliy hokimiyatga qarşi dezinformatsiya kampaniyasini ötkaziş uçun Rossiya manfaatlariga sodiq odamlar guruhini yaratiş edi. Andriaşvili va Yakovenkoning vazifalari ijtimoiy tarmoqlarda kontent yaratiş va tarqatiş, aloqalarni örnatiş va fuqarolik birlaşmalari, jamğarmalar, notijorat taşkilotlarga ta’sir ötkaziş, şuningdek, undan Rossiya manfaatlarida foydalaniş uçun siyosiy ma’lumotlarni olişdan iborat edi. Adorni rossiyaliklarning hibsga olinişi va ularning qayerda ekani haqida heç narsa aytmadi. Ammo u jurnalistlar bilan SIDE tomonidan olingan materiallarning faqat bir qismini baham körişini ta’kidladi.

29 mayda qabul qilingan radikal immigratsiya islohoti fonida Argentinadagi rossiyalik josuslar bilan boğliq yangi mojaro muhokama qilinmoqda. Bu Argentinadagi öz maqomini qonuniylaştirişga urinayotgan minglab rossiyaliklarga bevosita ta’sir qildi. Yangi qoidalar ham rezidentlik, ham fuqarolikni oliş tartibini jiddiy ravişda murakkablaştiradi. Islohotning sabablaridan biri, Argentina rasmiylariga köra, onalik turizmiga çek qöyiş zarurati. Sönggi uç yil içida minglab homilador rossiyalik ayollar uning gullab-yaşnaşiga sabab böldi. Ular soddalaştirilgan tartibda fuqarolikni oliş uçun Argentinada tuğmoqda. Uşbu mamlakat pasporti 170 dan ortiq davlatga, jumladan, Yevropa Ittifoqiga vizasiz kiriş imkonini beradi.

Avvalroq, Argentinada rossiyalik agentlar Artyom va Anna Dulsevlar foş qilingan edi. Ular öz farzandi tuğilişi tufayli Argentina fuqaroligini olgan. Söngra uşbu pasport bilan Sloveniyada Rossiya manfaati uçun josuslik qilgan. Ular 2022 yil dekabrida foş qilindi va hibsga olindi. 2024 yil avgustida Dulsevlar oilasi Moskva va Ğarb davlatlari örtasida mahbuslar almaşinuvi doirasida Rossiyaga qaytib keldi.