Nukus şahridagi umumta’lim maktabi öqituvçisi mazkur maktab direktori örinbosarining topşiriğiga asosan, kasbiy sertifikat oliş böyiça sinovlaridan ötkazib beriş evaziga Çimboy tumanida işlovçi hamkasbidan 1000 AQŞ dollari olgan vaqtida DXX va IJQKD xodimlari tomonidan aşyoviy dalillar bilan uşlandi.
Tergovga qadar tekşiruv davomida, direktor örinbosari 100 nafardan ortiq öqituvçilarni davlat attestatsiyasidan ötkazib beriş evaziga har biridan 1000-1500 AQŞ dollari miqdorida pul olib, bu haqida özining şaxsiy bloknotlari va qoğozlarda aks ettirib kelgani ma’lum böldi.
Şuningdek, uşbu noqonuniy işga Qoraqalpoğiston Respublikasi maktabgaça va maktab ta’limi vazirligining Pedagoglarning bilim va malakasini baholaşni taşkil etiş şu’basi boş metodisti ham aloqadorligi aniqlanib, u öqituvçilardan davlat attestatsiyasidan ötkazişga yordam beriş evaziga yiğilgan 10 450 AQŞ dollarini ixtiyoriy ravişda topşirdi.
Şu bilan birga, öqituvçilarni şaxsiy körikdan ötkazmasdan, test jarayoniga uyali aloqa vositalari bilan kirişlariga şaroit yaratib bergan Milliy gvardiya xodimining ham öz vazifasiga sovuqqonlik bilan yondaşgani ma’lum böldi.
Aniqlanişiça, ular pora tariqasida olingan pullarni özaro taqsimlagan.
Holat yuzasidan mazkur şaxslarga nisbatan Jinoyat kodeksining 210-moddasi 2-qismi “g” bandi bilan jinoyat işi qözğatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.









