Eron Taşqi işlar vazirligi AQŞ prezidenti Donald Trampning sözlari yuzasidan AQŞ vakili bölgan Şveytsariyaning Tehrondagi elçisi Nadin Oliveri Losanoga norozilik bildirdi, deb yozdi Mehr.

Tehron Trampning sözlarini provokatsion va tahdidli deb atadi. 

«AQŞ pozitsiyasi xalqaro huquqning asosiy tamoyillari va normalariga zid va BMT Nizomini buzadi. Şuningdek, AQŞ hukumatining Isroilning Eronga qarşi hujumlarida davom etayotgan hamkorligi va şerikligining yaqqol belgisidir», deyiladi xabarda. Losano zudlik bilan notani Vaşingtonga yetkazişi kerak.

Avvalroq, 18 iyun kuni Tramp Eronga «sönggi ultimatum» e’lon qilgan edi. Prezident, şuningdek, Tehronning «sözsiz taslim bölişi» kerakligi haqidagi talabini ham eslatdi. Avvalroq Amerika yetakçisi Eron havo hududini töliq nazorat qilişini va Qöşma Ştatlar Eron oliy rahbari Ali Xominaiy qayerda «yaşirinayotganini» bilişini ma’lum qilgandi. 

Amerikaning Eron yadroviy inşootlariga zarba beriş ehtimoli haqidagi savolga Tramp: «Men buni qila olaman yoki qilmasligim ham mumkin», dedi. 

1980 yilda Tehrondagi Amerika elçixonasida odamlar garovga olinganidan söng, Qöşma Ştatlar Eron bilan diplomatik aloqalarni uzgan. Şundan söng, Şveytsariya elçisi Tehrondagi Amerika manfaatlari vakiliga aylandi.