Uçraşuvda tomonlar Özbekistonda barpo etilayotgan Yangi Toşkent şahri, Samarqand va Buxoro şaharlarida bunyod etilayotgan yangi "aqlli" şaharlar kabi mega loyihalarda zamonaviy mehmonxonalar va dam oliş maskanlari qurilişiga sarmoya kiritiş imkoniyatlari yuzasidan fikr almaşdi.

Malayziya tomoni Özbekistonda köçmas mulkni rivojlantiriş, mehmonxona boşqaruvi yönalişlarida birgalikda loyihalarni amalga oşiriş va mazkur sohalarga investitsiya kiritiş imkoniyatlarini örganib çiqişga qiziqiş bildirdi.

Berjaya Land Berhad kompaniyasi 1990 yilda taşkil etilgan. Uning asosiy faoliyati Malayziya hududida va xorijiy davlatlarda quriliş hamda köçmas mulkni rivojlantiriş, uşbu sohalarga sarmoya kiritiş, mehmonxonalar va dam oliş maskanlari, şuningdek, öyinlarni boşqariş, avtomobil savdosidan iborat.