AQŞ prezidenti Donald Tramp Eronni nişonga oliş rejasini ma’qullagan, ammo mamlakatga zarba beriş böyiça yakuniy qarorga kelmagan. Bu haqda BBC xabar bermoqda.
AQŞ CBS naşri manbasiga köra, Tramp «Eron özining yadroviy dasturidan voz keçişga rozi bölişi mumkin» degan umidda hujumni boşlaşni vaqtinça keçiktirmoqda. AQŞ Eronning yer ostidagi Fordo uran boyitiş zavodiga zarba berişni körib çiqmoqda.
Tramp çorşanba kuni jurnalistlarning AQŞning Eron bilan boğliq rejasi haqidagi savoliga: «Balki qilaman, balki yöq», deb javob berdi.
Trampning Eronga tahdidlari va OAVda tarqalgan xabarlar fonida AQŞning Yaqin Şarqdagi harbiy kuçlari töplanişi kuzatilmoqda.
AQŞ mudofaa vaziri Piter Hegset AQŞ Senatidagi tinglovda «Pentagon prezident Trampning har qanday buyruğini bajarişga tayyor» ekanini qayd etgan.
Xususan, ayni vaqtda Qöşma Ştatlarning USS Nimitz aviataşuvçi kemasi yetakçiligidagi zarbdor guruhi Janubi-Şarqiy Osiyodan köçib, allaqaçon Fors körfazida turgan USS Carl Vinson guruhi bilan birlaşmoqda.
Şuningdek, Yevropadan harbiy tankerlardan tortib F-22 va F-35 hujumçi samolyotlargaça bölgan turli havo kuçlari harakatlanayotgani kuzatilmoqda.
BBC xabariga köra, hozirça AQŞ Buyuk Britaniyaning Diego Garsia yoki Kiprdagi harbiy bazalaridan foydalaniş uçun rasmiy sörov yubormagan.
Odatiy hollarda, bunday zarba bölişidan oldin AQŞ ittifoqçilarini xabardor qiladi. Britaniyalik manba «Vaşingtonda barça variantlar körib çiqilmoqda, lekin yakuniy qaror hali qabul qilingani yöq» deya bildirgan.
Şuningdek, AQŞning Quddusdagi elçixonasi çorşanba kuni Isroilda bölgan amerikalik fuqarolar uçun evakuatsiya rejasini e’lon qildi. Hozirça qança amerikalik çiqib ketmoqçi ekani noma’lum. Ularni evakuatsiya qilişda AQŞ harbiylari qatnaşadimi — bu ham aniq emas.
Keça Eron oliy rahbari Oyatulloh Ali Xominaiy Isroil bilan uruş boşlanganidan beri ilk marta davlat televideniyesi orqali bayonot berib, Trampning tahdidlariga javob bergan edi










