Özbekiston Markaziy banki 20 iyundan boşlab xorijiy valutalarning özbek sömiga nisbatan yangi qiymatini belgiladi. AQŞ dollari kursi kunlik savdolar yakuniga köra yana 59,3 sömga öz qiymatini yöqotdi.
Umuman olganda, dollar kursi ketma-ket törtinçi savdo kuni sömga nisbatan pasayib, deyarli 201 sömga (1,57 foiz) — 12 760,2 sömdan 12 559,2 sömga arzonlaşdi. Bu – 2024 yilning 1 avgustidan (12 615,9 söm) beri qayd etilgan eng past körsatkiç.
Yil boşidan buyon milliy valuta AQŞ valutasiga nisbatan 2,67 foizga mustahkamlandi. Taqqoslaş uçun, 2024 yilning mos davrida söm 2,2 foizga (12 352 sömdan 12643 sömga) qadrsizlangan edi.
Kun davomida Amerika valutasini 12 650 sömdan boşlab sotib oliş mumkin böldi.
Ayni paytda söm kursining mustahkamlanişiga pul ötkazmalari oqimining köpayişi, töğridan-töğri xorijiy investitsiyalarning oşişi, asosiy hamkor davlatlar milliy valutalarining barqarorlaşişi va oltin narxining qimmatlaşişi fonida eksportning ösişi va savdo taqçilligining qisqarişi kabi omillar ta’sir qilayotgan bölişi mumkin.









