Ötgan kun davomida jahonda röy bergan eng asosiy voqea va yangiliklar şarhi bilan kundalik xabarnomada taniştiramiz.
Eron-Isroil uruşi: voqealar rivoji
Eron oliy rahbari Oyatulloh Ali Xominaiy Isroil bilan uruş boşlanganidan beri ilk marta davlat televideniyesi orqali bayonot berib, Trampning tahdidlariga javob berdi. U öz murojaatida Isroilning «yovuz hujumlariga» qarşi eronliklarning «qat’iy, jasur va ongli javobi»ni yuqori baholagan.
«Eron xalqiga qançalik tinçlikni majburan tiqiştirilsa, u şunçalik qat’iy qarşilik körsatadi – xuddi majburan uruş qabul qilinmaganidek. Bu xalq heç qaçon heç qanday buyruqqa böysunmaydi», — dedi u.
AQŞ prezidenti Donald Trampning tahdidlarini şarhlar ekan, Xominaiy şunday dedi: «Eronni, uning xalqini va tarixini biladigan odamlar bu millat bilan tahdid tili orqali gapirmaydi, çunki eronliklar tiz çökmaydi. Amerikaliklar tuşunib yetişlari kerak: har qanday harbiy aralaşuv ularning özi uçun tuzatib bölmas zarar bilan yakunlanadi», — dedi Oyatulloh Xominaiy.
Tramp esa Eron yetakçisining bu rad javobini e’tiborsiz qoldirib, «Omad tilayman», dedi va rejalari haqida yana heç narsa oşkor etmadi: «Nima qilmoqçiligimni heç kim bilmaydi» degan u jurnalistlarga.
Şuningdek, CBS naşri tarqatgan xabarga köra, AQŞ prezidenti Eronni nişonga oliş rejasini ma’qullagan, ammo mamlakatga zarba beriş böyiça yakuniy qarorga kelmagan. Tramp Eron özining yadroviy dasturidan voz keçişga rozi bölişi mumkin, degan umidda hujumni boşlaşni vaqtinça keçiktirmoqda, deydi manbalar.
BBC naşrining yozişiça, Tramp çorşanba kuni jurnalistlarning AQŞning Eron bilan boğliq rejasi haqidagi savoliga: «Balki qilaman, balki yöq», deb javob bergan.
Isroil va Eron örtasidagi töqnaşuv kuçaymoqda
Isroil harbiy kuçlari Eronning raketa va yadroviy obektlariga hujumlarni kuçaytirdi. Javoban, Eron gipertovuşli raketalar bilan zarba berganini aytdi. Xususan, keça Islom inqilobi muxofizlari korpusi ilk bor Isroilga qarata 2000 km masofali «Sijjil» ballistik raketasi uçirilgani haqida bayonot berdi.
Tasnim naşri raketaning uçirilişi aks etgan videoni e’lon qildi. Bu ehtimol, «Sijjil» raketasining birinçi jangovar işlatilişi; oldingi barça uçirişlar sinov va maşğulot bölgan. Mutaxassislar uni boşqa bombalar qatori yadro qurolini taşuvçi vosita deb hisoblaydi. «Sijjil» raketasining Isroilga qançalik talofat yetkazgani ma’lum emas. Isroil armiyasi bugun uçirilgan raketalarning barçasi urib tuşirilganini e’lon qilgan.








