Hukumat qarori bilan «Avtotransport vositalarini nogironligi bölgan şaxslar ehtiyojlariga moslaştiriş xarajatlarini qoplaş böyiça davlat xizmatini körsatiş»ning ma’muriy reglamenti tasdiqlandi.

Reglamentga köra, avtotransport vositalarini nogironligi bölgan şaxslar ehtiyojlariga moslaştiriş xarajatlarining 50 foizi, biroq BHM 30 baravarigaça bölgan qismi qoplab beriladi.

Bunda xarajatlar 2025 yil 1 oktyabrgaça şahar, şahar atrofi, şaharlararo avtobusda yölovçi taşiş yönalişlarini biriktiriş böyiça tenderda ğolib bölib, uşbu yönalişlarda xizmat körsatgan tadbirkorlarning har bir avtobusi uçun qoplanadi.

Şuningdek, 2025 yil 1 noyabrdan I guruh nogironligi bölgan şaxslarning öz nomiga rasmiylaştirilgan va şaxsiy foydalanuvida bölgan 1 ta avtotransport vositasi uçun amalga oşiriladi.

Avtotransport vositalarini quyidagilar bilan jihozlaş uni nogironligi bölgan şaxslar ehtiyojlariga moslaştiriş deb e’tirof etiladi:

Tadbirkorlarning avtobuslari uçun:

- yiğma pandus (1 dona);

- audio va vizual axborot beruvçi monitor (1 dona);

- axborot beruvçi kolonka (köpi bilan 3 ta);

- ma’lumotlarni uzatuvçi mikrofon (1 dona);

- aloqa tugmasi;

- bekatlar haqida axborot oliş imkonini beruvçi ma’lumotlar taxtasi bilan jihozlaş (1 dona);

I guruh nogironligi bölgan şaxslarning şaxsiy avtotransport vositalari uçun:

- gaz va tormoz pedalini qöl boşqaruviga ötkaziş;

- mexanik uzatiş qutisini avtomat uzatiş qutisi qilib qayta jihozlaş xarajatlari.

Ariza beruvçilar avtotransport vositasi talablarga moslaştirilgan vaqtdan e’tiboran 90 kun içida «Inson» markazlariga yoki «Yagona milliy ijtimoiy himoya» axborot tizimi yoxud YaIDXP (my.gov.uz) orqali murojaat qilişi lozim.