2024 yilda Rossiyaga 6,3 millionga yaqin migrant kelgan bölib, ularning yarmi işga joylaşiş maqsadida, dedi Rossiya IIV Migratsiya masalalari boş boşqarmasi boşliği Valentina Kazakova.
«Biz pandemiyadan oldingi körsatkiçlarga qaytdik. 6,3 millionga yaqin çet el fuqarolari keldi. Bu fuqarolarning 50 foizga yaqini işga joylaşiş maqsadida kelgan», dedi u Sankt-Peterburg xalqaro iqtisodiy forumidagi çiqişida.
Xorijliklarning 23,3 foizini Özbekiston fuqarolari taşkil qilgan, bu qariyb 1,5 millionga teng.
Şuningdek, 16,7 foizini Tojikiston, 10,4 foizini Qirğiziston, 9,5 foizini Belarus fuqarolari taşkil etgan









