Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi bildirişiça, bu körsatkiç ötgan yilga nisbatan 5 ta universitetga ortib, Özbekiston uşbu reytingda ilk bor iştirok etgan universitetlar soni böyiça jahonning 9 ta mamlakati qatoridan joy oldi.
Reytingga kiritilgan OTM:
- “TIQXMMI” milliy tadqiqot universiteti — 469-örin (2025 yilda =547);
- Özbekiston Milliy universiteti — 721–730 (2025 yilda 781-790);
- Toşkent davlat texnika universiteti — 901–950 (ilk bor);
- Samarqand davlat universiteti — 1001–1200 (ilk bor);
- Toşkent davlat iqtisodiyot universiteti — 1001–1200 (ilk bor);
- Toşkent davlat transport universiteti — 1201–1400 (ilk bor);
- Toşkent axborot texnologiyalari universiteti — 1401+ (ilk bor).
Qayd etilişiça, Özbekistonning 4 ta oliygohi “Bitiruvçilar yutuqlari” indikatori böyiça top-700 talikka kirgan:
- Toşkent davlat texnika universiteti – 540-örin;
- Özbekiston Milliy universiteti – 545-örin;
- “TIQXMMI” Milliy tadqiqot universiteti – 644-örin;
- Toşkent davlat iqtisodiyot universiteti – 660-örin.
Xalqaro ekspertlar fikriça, Özbekiston universitetlarining QS reytingidagi faol ösişi — ta’lim sifati, xalqaro hamkorlik, innovatsion izlanişlar va raqobatbardoşlik yönalişida olib borilayotgan tizimli islohotlar samarasidir.









