Taniqli tahlilçi Min-Çi Kuo fikriça, Apple kelasi yili özining birinçi buklanadigan smartfonini çiqarişi kerak. Kupertino bunday gadjetlar bozoriga kiriş uçun jiddiy tayyorgarlik körmoqda.
Unga köra, yiğma qismlarni yetkazib beruvçi Foxconn zavodi sentabr-oktyabr oylarida buklanadigan iPhone loyihasini rasman işga tuşiradi. Aksariyat komponentlar hali işlab çiqilayotgan bölsada, Kuo bozor iştirokçilari uçun alohida qiziqiş uyğotadigan buklanadigan displey allaqaçon tasdiqlanganini ta’kidlaydi.
Smartfon 2026 yil yozida ommaviy işlab çiqarilişi kutilmoqda, taqdimoti esa öşa yil kuzida bölib ötadi. Apple buklanadigan qurilmani iPhone 18 seriyasining bir qismi sifatida e’lon qilmoqçi.
Hozirça uşbu iPhone haqida rasmiy ma’lumotlar yöq - faqat insayder ma’lumotlari. Smartfon egiluvçan 7,8 dyuymli OLED-displeyga ega bölişi kutilmoqda. Ya’ni, ölçami böyiça u deyarli planşet displeyining hajmiga yetadi. Taşqi ekran buklanganda diagonali 5,5 dyuymga teng böladi.
Avvalroq Mark Gurman iPhone Fold ikkita asosiy xususiyatga ega bölişini ma’lum qilgandi. Birinçisi, oçilganda deyarli sezilmaydigan burma. Ikkinçisi - barça raqobatçilarga qaraganda ança yuqori sifatli şarnir. Katta ehtimol bilan u titan va zanglamaydigan pölatdan yasalgan böladi.
Oxirgi ma’lumotlarga köra, buklanadigan iPhone narxi 2000 dollardan 2500 dollargaça böladi. Çiqarilganidan keyingi birinçi yilda Apple yangi mahsulotga bölgan qiziqişni 6 million donaga baholamoqda.
Apple aslida mahsulot assortimentida hali ham buklanadigan qurilmaga ega bölmagan yagona texnologik gigant bölib qolmoqda. Şu bilan birga, asosiy raqobatçi Samsung bu yil uçga buklanadigan birinçi telefonni çiqarişga tayyorgarlik körmoqda. Şuningdek, iPhone 16 narxidagi buklama smartfonni ham işlab çiqarişga tayyorlanmoqda.









