Bunga 20–22 iyun kunlari kutilayotgan yomğir yoğişi sabab böladi. Şu bois, respublikaning toğoldi va toğli hududlarida, jumladan:
Toşkent viloyati: Ohangaron, Böstonliq, Parkent, Piskent, Örta Çirçiq, Yuqori Çirçiq tumanlarida va Angren, Olmaliq şaharlarida;
Namangan viloyati: Pop, Kosonsoy, Çortoq, Çust, Namangan, Yangiqörğon tumanlarida;
Farğona viloyati: Söx, Şohimardon, Farğona, Beşariq tumanlarida;
Andijon viloyati: Andijon, Asaka, Jalaquduq, Qörğontepa, Paxtaobod, Izboskan, Xöjaobod, Marhamat tumanlarida va Xonobod şahrida sel-suv toşqin hodisalari yuzaga kelişi mumkin.
Toğoldi va toğli hududlarda istiqomat qiluvçi fuqarolar, dam oluvçilar hamda toğli hududlarda harakatlanuvçi haydovçilardan ehtiyotkorlik çoralarini köriş söraldi.
Respublikaning ayrim hududlarida yomğir suvlari töplanişi ehtimoli bor, bu esa hududlarni suv bosişiga olib kelişi mumkin.









