Avvalroq Kanadaning Kananaskis şahrida bölib ötgan G7 («Yettilik guruhi») yiğilişidagi iştirokini zudlik bilan töxtatgan AQŞ prezidenti Donald Trampning «muddatidan oldin ketişi»ning oldini oliş uçun NATO Haagadagi sammit dasturini 2,5 soatlik sessiyaga qisqartirdi. Bu haqda 19 iyun, payşanba kuni Britaniyaning The Financial Times (FT) gazetasi uç manbaga tayanib xabar berdi. «Tramp zerikmasligi uçun şunday qaror qabul qilindi», — deb ta’kidladi naşr.

Sessiyada, xususan, boş kotib Mark Ryuttening 2030 yilga borib a’zo mamlakatlarning harbiy xarajatlarini YaIMning 3,5 foizigaça oşiriş, şu bilan birga tegişli sohalarga, jumladan, infratuzilma va kiberxavfsizlikka 1,5 foiz sarmoya kiritiş taklifi muhokama qilinişi kerak.

Ispaniya va boşqa oz sonli davlatlar hozirda bu rejalarga qarşi. Madrid mudofaa xarajatlarining bunçalik keskin oşişi Ispaniya ijtimoiy ta’minot xarajatlarini saqlab qoliş qobiliyatini xavf ostiga qöyişidan xavotirda.

Niderlandiya qiroli Villem-Aleksandr va uning rafiqasi Maksima mezbonlik qilgan 32 yetakçining norasmiy keçki ovqati 24 iyun oqşomida bölib ötadi.

«Maqsad – uni (sammitni) imkon qadar kiçik va konsentratsiyali qiliş», — dedi agentlik manbasi.

Dastlab Şimoliy Atlantika alyansi sammiti 24-26 iyun kunlari Haagada bölib ötişi taxmin qilingan edi.