Iyunning oxirgi 10 kunligida Özbekiston böylab avvaliga odatiy yoz issiği, keyin yana 2-3 kun juda issiq ob-havo hukm suradi. Dam oliş kunlari Toşkent viloyati va vodiyda sel hodisalari kuzatilişi mumkin. Kun.uz'da ob-havo prognozi bilan – iqlimşunos Erkin Abdulahatov.

Ötgan 10 kunlikda respublika ayrim hududlarida döl yoğiş, kuçli sel hodisalari va 2-4 kunlik jazirama kuzatildi.

10 iyun kuni Xorazm viloyati Qöşköpir tumanida kuçli döl hodisalari qişloq xöjalik ekin maydonlari, boğdorçilik yönalişida mevalarga zarar keltirdi. Qöşköpirda yerni oppoq qor misol qoplab olgan uşbu döl hodisasini uşbu hudud uçun yuz yilda bir kuzatilayotgan hodisa sifatida unga "kataklizm" ta’rifini bersa böladi.

Ötgan haftada vodiy viloyati şimoliy hududlarida ham döl yoğişi uçun qulay ob-havo şaroiti kuzatildi. Ammo FVVga qaraşli Namangan viloyati uç tumanida joylaşgan gidrometeorologik jarayonlarga ta’sir körsatiş va boşqariş otryad guruhlari atmosferaga töğri va samarali ta’sir körsatib, kuçli döl yoğiş xodisalarining oldini oldi.

Bu kabi ta’sirlar orqali qişloq xöjaligi maydonlarida ekin va meva hosillari döl urişidan saqlab qolindi.

12 iyun kuni Jizzax viloyati Zomin va Baxmal tumanlarida talafotli sel hodisalari kuzatildi. Navoiy, Buxoro, Jizzax viloyati ayrim tumanlarida kiçik guruhga ega mahalliy çigirtka bosqini hodisalari qayd etildi.

15-18 iyun kunlari respublikaning juda katta hududlarida kamida bir kun bölsa ham +40 darajadan yuqori issiq xarorat kuzatildi. Xususan, 18 iyun kuni Termizda +44,1 daraja, Navoiy va Buxoro viloyati çöl hududlarida +43 darajadan yuqori issiq harorat röyxatga olindi.

Uşbu issiqlik tölqini Buxoro, Navoiy, Surxondaryo, Samarqand va Jizzax viloyati ayrim paxta dalalarida ğöza köçatlaridagi şona va gul tökilişiga olib keldi.

Joriy haftaning dam oliş kunlari salqinroq, duşanbadan kiçik jaziramalarning qayta mintaqaga kirib kelişi kutilmoqda. Iyun sönggi haftasi biroz salqin, iyul boşlarida yana jazirama issiq tölqinlari mintaqaga kirib kelişini taxmin qilişimiz mumkin.