Yevropa bilan gaplaşişni xohlamayotgan Eron, Putinning ajabtovur bayonotlari va Iordaniyaga kelgan F-22 eskadroni – kun dayjesti
|19:58 / 21.06.20259 16311 min
Ötgan kun davomida jahonda röy bergan eng asosiy voqea va yangiliklar şarhi bilan kundalik xabarnomada taniştiramiz.
Eron-Isroil uruşi: voqealar rivoji
Eron va Isroil şanba tongida yangi hujumlar almaşdi. Reuters naşrining xabar berişiça, bu Yevropa Tehronning yadroviy dasturi böyiça tinçlik muzokaralarini jonlantirişga uringanidan bir kun ötib sodir bölmoqda.
Isroilda armiya mahalliy vaqt bilan soat 02:30 dan ötib Erondan raketa hujumi bölişi haqida ogohlantirdi. Bu ogohlantiriş markaziy Isroil, jumladan Tel-Aviv va Isroil tomonidan bosib olingan Ğarbiy Sohilda havo hujumiga qarşi sirenalarni işga tuşirdi.
Keça, Islom muhofizlari korpusi aerokosmik kuçlari uçirilgan raketalar asosan bosib olingan Falastin hududlarining janubiy qismidagi nişonlar va markaziy Isroil hududlariga yönaltirilganini xabar bergan edi.
Xususan, Be’yer Şevada joylaşgan Yuqori texnologiyalar va kiberxavfsizlik markazi ham Eron raketa zarbasidan şikastlangan. Bu bino Isroil armiyasining muhim tarkibiy qismi hisoblangan, lekin Tsahal bu inşootga zarba berilganini tasdiqlamagan. Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videolarda köriş mumkinki, hujum natijasida bir neçta avtomobillar va binolar zararlangan. Raketa turar joy hududidagi avtoturargohga tuşgan va katta öra hamda yonğin yuzaga kelgan. Yonğinda önlab avtomobillar kuyib ketgan. Isroil tez yordam xizmati ma’lumotlariga köra, raketa zarbasi natijasida olti kişi yengil jarohat olgan.
Ayni şu vaqtda Isroil Eron hududidagi raketa omborlari va uçiriş infratuzilmasiga navbatdagi zarbalarni berdi, deya bayon qildi Isroil harbiylari.
Eron TIV vakili Ismoil Baqoiy Isroilning zarbalari Tehronda tez yordam maşinasiga kelib tuşgani va 3 nafar fuqarolik tibbiyot xodimi halok bölganini tasdiqladi. «Bu — ataylab sodir etilgan qotillikdir», — degan Eron TIV sözçisi.
Inson huquqlari faollari agentligi — Human Righs Activiss ma’lumotiga köra, uruş boşlanganidan buyon Isroilning havo hujumlari natijasida Eron hududida 639 kişi halok bölgan, ularning orasida yuqori martabali harbiylar va yadroviy olimlar bor. Eronning raketa hujumlarida esa Isroilda 24 nafar tinç aholi vakili halok bölgan. Uruş holatida bu sonlarni mustaqil manbalar orqali tasdiqlaş imkoni yöq.
Mavzuga oid
Yevropa-Eron muzokaralari
Eron taşqi işlar vaziri Abbos Araqçi AQŞ bilan «Isroil tajovuzi töxtamagunça» muzokaralar ötkazilmasligini aytgandi. Biroq u keça Yevropa taşqi işlar vazirlari bilan muzokaralar ötkaziş uçun Jyenevaga yetib bordi. Yevropa bu yerda diplomatik yeçimga qaytiş yölini topmoqçi edi.
AQŞ prezidenti Donald Trampning aytişiça, Jyenevadagi muzokaralar katta siljiş bermagan. Tramp sulhga erişilişi borasida şubha bildirdi:
«Eron Yevropa bilan gaplaşişni xohlamaydi. Ular biz bilan gaplaşişni istaydi. Bu safar Yevropa yordam bera olmaydi», dedi.
Tramp, şuningdek, Isroilga hujumlarni kamaytiriş taklifi bilan çiqiş ehtimoli kamligini bildirdi:
«Ayni paytda bunday iltimos qiliş qiyin. Agar kimdir yutayotgan bölsa, bunday taklif qiliş qiyinroq böladi. Ammo biz tayyormiz, xohlaymiz va qodirmiz, biz Eron bilan gaplaşyapmiz, nima bölişini köramiz».
Eronning yuqori lavozimli rasmiysi Reutersʼga bergan intervyusida muzokaralarga tayyorligini aytgan:
«Eron uran boyitişni çeklaş böyiça muzokaralarga tayyor, biroq uni butunlay töxtatişni öz içiga olgan taklifni rad etadi, ayniqsa hozir, Isroil zarbalari ostida».
BBC naşrining yozişiça, Eron taşqi işlar vaziri Abbos Araqçi yadroviy dastur faqat tinç maqsadlarda ekanini ta’kidlagan va Isroilning hujumlari xalqaro huquqni buzayotganini aytgan. Şuningdek, Eron özining «qonuniy özini himoya qiliş huquqidan foydalanişda davom etişini» bildirdi.
Muzokara tomonlaridan biri bölgan Britaniya taşqi işlar vaziri Devid Lemmi bu boradagi ogohlantiruvni tasdiqlab, AQŞ mojaroni hal qiliş uçun «juda qisqa vaqt» berganini, Yaqin Şarqdagi vaziyat esa «öta xavfli va jiddiy» ekanini aytdi. Fransiya taşqi işlar vaziri Jan-Noel Barro esa Eron taşqi işlar vaziriga «zarbalar tugaşini kutmasdan» AQŞni ham öz içiga olgan har tomonlama muzokaralarni körib çiqişni taklif qilganini bildirdi.
«Eron yadroviy muammosiga harbiy yöl bilan yeçim topib bölmaydi. Eron rejimini harbiy yöl bilan almaştiriş xavfli bölişi mumkin», — dedi Barro.
Avvalroq, Donald Tramp juma kuni AQŞ Isroil tomonida uruşga qöşilişi yoki yöqligi borasida qaror qabul qiliş uçun ikki haftagaça vaqt olişini aytdi. Unga köra, bu vaqt içida «odamlar öziga keladimi-yöqmi, körib olinadi».
Ayni vaqtda AQŞ harbiy-havo kuçlari beşinçi avlod F-22 Raptor qiruvçi samolyotlari eskadronini (8ta samolyot) Iordaniyadagi aviabazasiga köçirişni boşladi. AQŞ OAVlariga köra, Qöşma Ştatlar allaqaçon Yaqin Şarqqa bir neça qiruvçi samolyotlar eskadrilyasini, jumladan beşinçi avlod F-35 qiruvçilarining katta guruhini joylaştirgan.
Putinning bayonotlari
Rossiya prezidenti Vladimir Putin Sankt-Peterburg xalqaro iqtisodiy forumida nutq sözlab, dunyodagi sönggi voqealar va Ukrainadagi uruş haqida bayonot berdi.
«Harbiy harakatlarning ma’lum bir mantiği sodir bölmoqda va qöşinlar turli hududlarni egallamoqda. Bizda eski qoida bor – rus askarining qadami yetgan joy bizniki. Biz Ukrainaning taslim bölişini talab qilmaymiz. Biz joylarda yuzaga kelgan voqelikni tan olişni talab qilamiz», degan Putin.
Ukraina taşqi işlar vaziri Andrey Sibiga esa Putinning uruş haqida aytgan sözlarini «bema’nilik» deb atadi. Uning ta’kidlaşiça, Qöşma Ştatlar va butun dunyo öt oçişni töxtatişga çaqirayotgan pallada Rossiya prezidenti «Ukrainaning yangi hududlarini egallab oliş va köproq ukrainaliklarni öldiriş rejalarini muhokama qilmoqda».
«Ammo bugungi kunda Putinning telba bayonotlari orasida rus askarining qadami haqidagi sözlari ajralib turadi. Aslida, rus askarining qadami qayerga yetsa, u faqat ölim, halokat va vayronagarçilik olib keladi. Putinni rus askarlari va ularning Ukraina dronlari tomonidan uzib olingan oyoqlari qayğuga solmaydi. U öz xalqining ommaviy qotili», dedi Ukraina Taşqi işlar vazirligi rahbari.
Şuningdek, Sankt-Peterburg xalqaro iqtisodiy forumida Vladimir Putindan «Rossiya Eronni qöllab-quvvatlamadi, şu tufayli işonçsiz ittifoqçi» deb aytayotganlarga munosabat bildiriş söraldi.
«Rossiyaning ittifoqçi sifatida işonçsizligi haqidagi bunday rivoyatlarni tarğib qilayotganlar fitnaçi. Ular fitna qözğatmoqda. Lekin bu ularga yordam bermaydi. Ular öz maqsadlariga erişa olmaydi», dedi Putin.
Avvalroq, Isroil va Eron örtasidagi mojaroni şarhlar ekan, Putin Rossiya har ikki tomon bilan aloqadaligini va Moskva Eronning tinç yadroviy dasturga bölgan huquqini ham, Isroilning öz xavfsizligini ta’minlaş istagini ham hurmat qilişini aytgan edi. Rossiya-Ukraina uruşida esa Eron Rossiyaga harbiy yordam körsatib kelmoqda, xususan, Moskvaga «Şahid» jangovar dronlarini yetkazib bermoqda.
Haitida 1,3 mlnga yaqin kişi zöravonlik tufayli uyini tark etdi
BMT Xalqaro Migratsiya Taşkiloti (XMT) bayonotida aytilişiça, qurolli tödalar zöravonligi natijasida deyarli 1,3 million kişi Haitida öz uyini taşlab ketgan.
XMT ma’lumotlariga köra, Haitida içki köçişning rekord darajasi kuzatilgan, 1,3 millionga yaqin odam zöravonlikdan qoçiş uçun uylarini tark etişga majbur bölgan. 2024 yil dekabr oyidan buyon köçirilganlar soni 24 foizga oşdi, deya qayd etdi taşkilot.
Bayonotda iqtibos keltirgan XMT boş direktori Emi Poup bu raqamlar ortida insonlar hayoti borligini ta’kidladi: «Bolalar, onalar, qariyalar — köplar bir neça bor uyini tark etişga majbur böldi, ularning heç narsasi yöq. Ular hozir öta xavfli va beqaror şaroitlarda yaşamoqda. Biz hozir harakat qilişimiz kerak. Bu inqiroz yangi odatiy holga aylana olmaydi», — dedi Poup.
BMT hisob-kitoblariga köra, 2024 yilda Haitidagi qurolli guruhlar hujumlari oqibatida 5600 dan ortiq kişi halok bölgan. Haiti çuqur siyosiy, iqtisodiy va gumanitar inqirozga duç kelişda davom etmoqda. Poytaxt Port-o-Prensning 80 foizdan ortiği qurolli guruhlar tomonidan nazorat qilinadi. Mamlakat aholisi 11 million kişidan oşadi va millionlab aholi oçarçilik xavfi ostida.
«Tramp zerikib qolmasligi» uçun NATO sammit dasturi qisqartirildi
Avvalroq Kanadaning Kananaskis şahrida bölib ötgan G7 («Yettilik guruhi») yiğilişidagi iştirokini zudlik bilan töxtatgan AQŞ prezidenti Donald Trampning «muddatidan oldin ketişi»ning oldini oliş uçun NATO Haagadagi sammit dasturini 2,5 soatlik sessiyaga qisqartirdi. Bu haqda Britaniyaning The Financial Times (FT) gazetasi uç manbaga tayanib xabar berdi. «Tramp zerikmasligi uçun şunday qaror qabul qilindi», — deb ta’kidladi naşr.
Sessiyada, xususan, boş kotib Mark Ryuttening 2030 yilga borib a’zo mamlakatlarning harbiy xarajatlarini YaIMning 3,5 foizigaça oşiriş, şu bilan birga tegişli sohalarga, jumladan, infratuzilma va kiberxavfsizlikka 1,5 foiz sarmoya kiritiş taklifi muhokama qilinişi kerak.
Ispaniya va boşqa oz sonli davlatlar hozirda bu rejalarga qarşi. Madrid mudofaa xarajatlarining bunçalik keskin oşişi Ispaniya ijtimoiy ta’minot xarajatlarini saqlab qoliş qobiliyatini xavf ostiga qöyişidan xavotirda. Niderlandiya qiroli Villem-Aleksandr va uning rafiqasi Maksima mezbonlik qilgan 32 yetakçining norasmiy keçki ovqati 24 iyun oqşomida bölib ötadi.