Donald Tramp ma’muriyati Eron tomonidan ehtimoliy qasos çoralariga qarşi tayyorgarlik körmoqda. NBC News’ning Pengaton va Oq uydagi manbalariga tayanib yozişiça, yaqin 48 soat alohida xavotir uyğotmoqda.

Suhbatdoşlarning ta’kidlaşiça, Eron yadro obektlariga uyuştirilgan hujumga javob AQŞning içki yoki xorijdagi obektlariga qaratiladimi, yo bölmasam, har ikkisiga ham — hozirça noma’lum.

AQŞning çet eldagi harbiy bazalari sönggi bir neça oydan beri yuqori jangovar şay holatda, ammo Oq uydagi manbaning sözlariga köra, 13 iyun kuni Isroil Eron bilan uruş boşlaganidan keyin ehtimoliy hujum xavotirlari sezilarli darajada oşgan.

Eron yadroviy inşootlariga hujum 22 iyunga ötar keçasi amalga oşirildi. Ğarb OAVga köra, AQŞ Harbiy-havo kuçlari zarba berişda B-2A Spirit bombardimonçisidan foydalangan. Mamlakat prezidenti Donald Tramp Eronning muhim yadroviy obektlari yöq qilinganini ma’lum qildi.

Eron AQŞning mamlakatdagi yadro obektlariga uyuştirgan hujumlaridan keyin BMT Xavfsizlik Kengaşining favqulodda yiğilişini ötkazişga çaqirdi. Öz navbatida BMT boş kotibi Antoniu Guterriş AQŞning Eronga qarşi xatti-harakatlaridan çuqur xavotir bildirdi.