Eron özining yadro sanoati rivojlanişi töxtatilişiga yöl qöymaydi. Bu haqda mamlakat Atom energiyasi taşkiloti ma’lum qildi.
Taşkilot Erondagi uçta yadroviy obekt — Fordo, Natanz va Isfahonga amalga oşirilgan hujumlarni xalqaro huquqning buzilişi deb atab, dunyo hamjamiyatini AQŞni Eronga uyuştirgan hujumini uçun qoralaşga çaqirdi.
«Jinoyat MAGATEning loqaydligi, hattoki kömagida sodir etildi… Dunyo hamjamiyati bu qonunsizlik harakatini, ya’ni «jungli qonunlari» tamoyiliga asoslangan bu hodisani qoralaşi va Eronning qonuniy huquqlarini tiklaşda uni qöllab-quvvatlaşi kutilmoqda», — deyiladi Mehr agentligi xabarida.
Eron yadroviy inşootlariga hujum 22 iyunga ötar keçasi amalga oşirildi. Ğarb OAVga köra, AQŞ Harbiy-havo kuçlari zarba berişda B-2A Spirit bombardimonçisidan foydalangan. Mamlakat prezidenti Donald Tramp Eronning muhim yadroviy obektlari yöq qilinganini ma’lum qildi. Eron davlat televideniyesi siyosiy direktori örinbosari Hasan Abediniy esa jonli efirda Eron «biroz oldin» uşbu uçta yadroviy obektni evakuatsiya qilganini aytdi. Bu Tehronning AQŞning öz yadroviy obektlarini bombardimon qilişiga birinçi rasmiy munosabati böldi. Abediniy Eron «jiddiy zarar körmagani, çunki materiallar allaqaçon olib çiqib ketilgani»ni ta’kidlagan.










