Eronning boş diplomati Abbos Aroqçiy bugun, 22 iyun kuni Moskvaga uçib ketişini, ertaga, 23 iyun ertalab esa Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan uçraşişni rejalaştirayotganini ma’lum qildi.

Bu haqda Istanbulda, Islom Hamkorlik Taşkiloti sammiti doirasida bölib ötgan matbuot anjumanida Aroqçiyning özi ma’lum qildi.

«Men bugun tuşdan keyin Moskvaga boraman va ertaga Rossiya prezidenti bilan jiddiy maslahatlaşuvlar ötkazaman.

Rossiya – Eronning dösti. Biz har doim bir-birimiz bilan maslahatlaşamiz va pozitsiyalarimizni muvofiqlaştiramiz,» dedi u.

Aroqçiyning ta’kidlaşiça, Eron AQŞ bilan olib borilayotgan yadroviy dastur böyiça sönggi muzokaralar haqida Moskvani muntazam ravişda xabardor qilib turgan.

Bu taşrif AQŞ tomonidan Erondagi yadroviy inşootlarga uyuştirilgan havo zarbalari ortidan, keskinlik kuçaygan bir vaqtda amalga oşmoqda. Aroqçiy Eron va Rossiya öz diplomatik strategiyalarini muvofiqlaştirişga intilayotganini alohida ta’kidladi.