AQŞ zarbasidan ikki kun avval Fordo yadro yoqilğisini boyitiş majmuasi atrofida sun’iy yöldoş tasvirlari «ğayrioddiy yuk maşinalari harakatini» qayd etgan. Bu haqda Maxar Technologies sun’iy yöldoş kompaniyasi tasvirlariga tayanib Washington Post ma’lum qildi.
Xususan, 19 iyun kuni yer osti harbiy majmua tomon olib boruvçi yölda 16 ta yuk maşinasi kuzatilgan. 20 iyundagi tasvirlarda ularning aksariyati obekt markazidan taxminan 1 km şimol-ğarbga köçirilgani körsatilgan. Obekt kiriş qismida esa buldozerlar va boşqa yuk maşinalari ham joylaştirilgan.

Londondagi Open Source Centre tahliliga köra, Eron bu inşootni bölajak zarbaga tayyorlayotgan bölişi mumkin edi. Bu harakatlar AQŞning Fordoga bergan aviazarbasi oldidan ehtiyotkor harbiy-texnik çoralar bölganiga işora qilmoqda.
Eronning Mehr axborot agentligi tarqatgan xabarga köra, Fordodagi boyitilgan uranning katta qismi AQŞ hujumidan avvalroq boşqa joyga köçirib yuborilgan.
«Uran qayerga köçirilgani aniq aytilmagan. Manbalar bu harakatni AQŞ zarbasi xavfi ortib borayotgan paytda amalga oşirilgan ehtiyot çorasi sifatida izohlamoqda», deyiladi agentlik Tehron rasmiylariga tayanib tarqatgan xabarida.
Şuningdek, agentlik Fordodan taşqari zarba berilgan Isxafon va Natanzda ham hayot «odatdagidek davom etayotgani»ni xabar berdi.
«AQŞning keça uyuştirgan hujumi yangilik emas, çunki ayni şu yadroviy obektlar ötgan haftada ham nişonga olingan edi. Albatta, Atom energiyasi taşkiloti zararning tafsilotlarini e’lon qilişi kerak.
Isfahon viloyati va hujumlar bölgan şaharlar hayoti odatdagidek davom etmoqda. Keça eşitilgan tovuşlar ilgari ham mudofaa amaliyotlari yoki ayrim zarbalar paytida eşitilib turgan edi. Yangi narsa sezilmadi. Isfahon va Natanz şaharlarida hayot öz me’yorida keçmoqda,» degan Isfahon viloyati vakillari assambleyasi rahbari Xojatulislam Muhammad Taqiy.










