“Eronga zarba – Xirosima va Nagasakiga atom bombasi taşlangani bilan bir xil ahamiyatga ega” – kunning eng muhim mavzusida suhbat
|21:30 / 22.06.202523 57826 min
AQŞning bombardimonçi samolyoti Eronning 3 ta yadroviy obektiga zarba berdi. Tramp va uning jamoasi operatsiyani “Situation Room”dan kuzatib turdi. Eron esa AQŞning zarbasidan ğazabda va Fordoga ziyon yetganini tasdiqladi. Amerika OAVlari bu Vaşingtonning Isroil boşlagan uruşga qöşilişi, deya yozdi. Kongress a’zolari prezidentning “bemaslahat zarbasi”dan norozi. Bu zarbalardan öta kuçli radiatsiya kutilgan, biroq ayni paytda vaziyat normal va datçiklar xavf yöqligini körsatmoqda. Aks holda nurlaniş şamol orqali örtaça 2-3 kun içida Özbekistonga ham kirib kelardi.
Kun.uz yadroviy falokat ehtimoli inkor etilmaydigan uşbu geosiyosiy hodisani siyosatşunos Farhod Tolipov va iqlimşunos Erkinbek Abdulahatov bilan jonli efirda muhokama qildi.
Amerika Qöşma Ştatlari öz tarixida birinçi bor Eronga zarba berdi. Assalomu alaykum, siz Kun.uzʼda jonli efirni tomoşa qilyapsiz va biz bugun uşbu suhbatimizni favqulodda taşkil qildik. Muhokamamiz mavzusi – 21 iyun kuni Eronga berilgan zarba va bugungi suhbatdoşlarimiz siyosatşunos Farhod Tolipov hamda iqlimşunos Erkinbek Abdulahatov.
Hurmatli ekspertlar, bu suhbatimizni şoşilinç tarzda taşkil qildik va avvalambor kelganingiz uçun minnatdorlik bildiraman.
Farhod aka, Qöşma Ştatlar öz tarixida birinçi marta Eronga zarba beryapti. Bundan oldin biz juda köp ekspertlar bilan gaplaşdik, muhokama qildik. Qöşma Ştatlar tiyiladi, Yaqin Şarqdagi uruşga bevosita qöşilişdan va nima qilsa ham Isroilning qöli bilan qiladi, deb prognoz berib kelayotgan edik. Isroilni maksimal darajada qöllab-quvvatlaydi, harbiy yordam beradi, lekin özi bevosita qöşilmaydi, deyilgandi.
Umuman olganda, konflikt boşlangandan beri bir neça bor Qöşma Ştatlarning pozitsiyasi, aniqroği Trampning qaraşlari özgarib turdi. Masalan, avval “Eron bilan muzokaraga boramiz” deyildi, şu orada Isroil hujumga ötdi. Keyin “agar Eron AQŞ fuqarolari, harbiy obektlari va manfaatlariga hujum qilsa, qöşilamiz” deyildi. G7 sammitida esa “Isroil yaxşi ketayotgan ekan, aralaşmaymiz, u özi tinçitadi uruşni” deyildi. Keyin esa “ikki haftada qaror qabul qilaman” deydi va mana, uruşning 10-kunida şu voqea sodir bölyapti.
Bugun uçta masalani muhokama qilamiz. Birinçisi: AQŞning bu qilgan işi qançalik töğri, sizningça?
Bilasizmi, hozir özingiz Tramp tomonidan bildirilgan pozitsiyalarni ketma-ket sanab ötdingiz. U bayonotlar juda ziddiyatli, özgaruvçan va qat’iylikdan yiroq bölib, “AQŞdan nima kutsa böladi?” degan savolni keltirib çiqardi.
Mavzuga oid
“Uradi”, “urmaydi”, “muzokaraga boramiz”, “bormaymiz” kabi qaraşlarini olib qarasak, Eron masalasini çetga qöygan holda ham, hatto Tramp prezidentlikka saylanganidan beri kuzatsak, mana, yarim yil ötibdi. Şu davrda u qilayotgan siyosat özgaruvçan, noaniq bölib kelmoqda. Uni tahlil qilgan dunyo ekspertlarining deyarli barçasi şuni ta’kidlamoqda.
Men ötgan yarim yil içida, bilmadim, AQŞdan taşqaridagi birorta xorijiy davlat – Yevropami, Osiyomi, qayer bölsa ham Trampni maqtaganini körmadim. Agar bölgan bölsa, kimdir yodga solsin. Yevropaliklar ham, osiyoliklar ham, afrikaliklar ham, hatto Amerikaning özi ham bu harakatlardan xursand bölgani yöq. Bu – tarixiy buriliş.
Şu bois, Eronga qilingan zarbani tahlil qilişda aynan şu umumiy kontekstni, ya’ni Tramp boşqaruvi davridan beri kuzatilayotgan taşqi siyosat tendensiyasini hisobga oliş kerak. Bu alohida, unikal harakat emas, balki şu yangi siyosiy yönalişning bir böğinidir.
Aslida mana şu tendensiya nima? Agar qisqaroq, bir-ikkita söz bilan ifodalaydigan bir gap topa olsak, bu aslida tinçlikparvar siyosat emas edi. Mana şunaqa umumiy konseptual söz bilan aytsak, bu tinçlikparvar siyosat bölmadi. Ya’ni qayerdagi, qaysi yonib turgan uruş yoki mojaro öçoqlari bölmasin, mana şu öçoqlarni söndiriş, töxtatiş örniga faqatgina xuddi yoqilğini yanada sepib turgandek, yanada battarroq qözğatişga hissa qöşsa qöşdiki, ammo tinçlikka emas. Bular ham, mana, bugungi bölgan harakati ham ana öşa mantiqqa siğyapti.
Ya’ni şu — Ukraina masalasida nima qilganini eslaylik, Ğazo masalasida nima qilganini eslaylik, boşqa mavzularda mojaro bölmasa ham NATOga, BMTga qilgan munosabati; bir neçta BMTning maxsus idoralaridan çiqib ketgani, Yevropa Ittifoqiga nisbatan, hatto “aql örgatiş” darajasida ayrim yevropaliklarga tanbeh bergani, hurmatsizlik qilganini olaylik, nima bölmasin, mana şu umumiy tendensiya — tinçlikparvar emas, agressiv siyosat edi. Şuning uçun ham mana şu Eronni bombardimon qilganiga hayron qolmasligimiz kerakdir. Şunga olib kelayotgan edi, özining mana şu tendensiyalari bilan. Birorta ham tinçlikka hissa qöşganiga guvoh bölmadik.
Endi haligi savolingizga qisqaça javob bersam — “bu qonuniymi yoki yöqmi?” deganda, men aytgan bölardim: mutlaqo qonuniy emas. Bir tomondan xalqaro huquqqa zid böldi bu xatti-harakatlar. Ikkinçi tomondan — özining milliy huquqiga ham. Çunki bu harbiy harakat böldi. Bu oddiygina bir söz bilan yoki bayonotlar bilan çeklanmasdan, albatta, harbiy hujum böldi.
Bunday harakatlarga Amerika Qöşma Ştatlari yagona prezidentining qarori bilan amalga oşmaydi. Bunday qarorni qabul qiliş uçun parlament bölmiş AQŞ Kongressi ruxsat berişi şart, AQŞ Konstitutsiyasiga köra. Bunday ruxsatnomani, deylik, Kongress bermagan edi. Kuni keça men özim ham kuzatdim — Tramp şu niyati bor ekanini bayon qilgandan keyin AQŞ Kongressining özida ham, sudlar tomonidan ham “Qançalik u biryoqlama, özining faqatgina irodasi bilan, Kongressning ruxsatisiz bunday qarorni qabul qila oladi?” degan savollar kötarildi.
Demak, xulosa şundayki, Tramp AQŞ Konstitutsiyasini ham buzgan holda — Kongress ruxsatini olmasdan bu qarorni qabul qildi. Şuningdek, xalqaro huquqni ham buzdi.
Xalqaro huquq deganda, suveren davlat — Eron qançalik bu davlatning içki yoki taşqi siyosati kimgadir yoqadimi yo yöqmi, bu holda qaror Trampning şaxsiy irodasiga boğliq böldi. Boşqa bironta davlat rahbari mana şunday bombardimon qilişini hozirça körmadik. Hatto bu harakatni hozirça bironta davlat qöllab-quvvatladi degan xabar ham kelgani yöq. Kutamiz, balki bölar. Ammo bu — suveren davlatga qilingan hujum. Boşqa davlatning çegarasini qöpol ravişda buzgan holda hujum qilgan. Bunga nima deyiş mumkin? Agressiya. Agressiyadan boşqa narsa emas.
Demak, xalqaro huquq buzildi. “Bu harakat qonuniymi?” degan savolni Trampning öziga bersak, “ha, biz Eronda yadroviy dasturlarni aniqladik”, degan edi. Lekin şu bir neça kun oldin Markaziy razvedka boşqarmasi (CIA) bu haqdagi ma’lumotni tasdiqlamadi. Agar özining mana şu öta qudratli idorasi — Markaziy razvedka boşqarmasi tasdiqlamagan bölsa, nimaga işonib bunday qaror qabul qilindi?
MAGATE ham buni tasdiqlamadi. Ha, yadroviy dastur bordir, lekin bu hali xavfli darajaga — qizil çiziqdan ötib ketadigan holatga yetmagan edi. Çunki Eronning özi: “Bu tinç maqsadlardagi yadroviy dastur”, deyapti. Eng qiziği, ikki oy oldin Tramp: “Biz 60 kun beramiz” deganida Eron rahbariyati ham muzokaraga ötirişga tayyorligini bildirgan edi. Demak, tinç yöl bilan hal qiliş imkoniyatlari butkul yöqolmagandi. Çalğitdi Amerika. Bemalol ötirib muhokama qiliş mumkin edi. Qizil çiziqlar hali buzilmagan edi. Qanday, qaysi ma’lumotga tayanib şunday qaror qabul qilindi?
Oxirgi gapim: bir narsani eslatmoqçiman. Öz vaqtida şunga öxşaş bir voqea Iroqqa nisbatan sodir bölgan edi. Göyo Iroq ommaviy qirğin qurollarini yasayapti, xususan, yadroviy dasturlari bor deya, şundan kelib çiqib Iroqqa ham harbiy harakatlar amalga oşirilgan. Ammo u harakatlarni qonuniy deb aytiş mumkin. Çunki BMT tomonidan ruxsat berilgan edi. Birlaşgan Millatlar Taşkiloti mana şu aksiyani, AQŞ tomonidan amalga oşirilgan bölsa-da, legitimlaştirib bergan edi. Ya’ni u harakatni xalqaro huquq nuqtai nazaridan qonuniy deb aytsa bölardi. Garçi keyin ma’lum böldiki, Iroqda bunday qurol umuman yöq edi. AQŞ rahbariyati özi tan oldi notöğri qaror qabul qilinganini.
Bu holatda esa BMTning heç qanday ruxsati yöq. AQŞ, aniqroği Tramp, özining biryoqlama qarorini amalga oşirdi.
Şuning uçun ham savolingizga oxirgi javob: bu noqonuniy harakat böldi. Hatto AQŞ Kongressi — xalq vakillari ötirgan organ ham bu harakatni tasdiqlamagan edi.
Endi, Farhod aka, uçta yadroviy obektlari bor bölgan şaharlar — bular Natanz, Isfahon va Fordo urilyapti. B-2 bombardimonçi samolyotlari, mana, rasmini qöyganmiz, har biri 13,6 tonnadan iborat bölgan bombalarini taşlagan. Bugun ertalabdan boşlab men turli Ğarb va asosan Amerika kanallari hamda ommaviy axborot vositalarini tomoşa qilar ekanman, öşa yerda operatsiya qanday holatda yuz bergani, uning kadrlari namoyiş etilyapti. Bemalol Qöşma Ştatlardan bombardimonçi samolyot çiqib ketgan va öşa hududlarga borib, birgina Fordo şahriga oltita bomba taşlagan.
Nega Fordo qiyin böldi? Çunki mana şu galgi boşlangan uruşda Isroil heç amalga oşira olmayotgan edi. Çunki u toğning yonbağrida joylaşgan öşa yadroviy obekt edi va u yerni urolmayotgan edi Isroil. Va orada bu borada ham fikr almaşildi Amerika bilan. Trampdan bu xususda bir-ikki marta eşitgandik: “Fordoni biz özimiz uramiz” degan. Va undan keyin operatsiya tugaşi bilanoq davlat kotibi, vitse-prezident va mudofaa vaziri, ya’ni Pentagonning sekretari bilan birgalikda çiqib, xalqqa murojaat qilişdi. Trampga köra, endi tinçlikni tanlaş kerak, aks holda keyingi hujumlarimiz bundan ham battarroq böladi, degan öziga xos bayonotini berdi.
Qonunçilar uning bemaslahat qilgan bu zarbasidan juda ham norozi. “Biz nima qilib ötiribmiz bu yerda xalq vakili bölib? Bunday xalqaro darajadagi harakatlarga Kongress ruxsat berişi kerak!” Qator ommaviy axborot vositalari bu masalada fikr bildirdi, yozdi: “Bu impiçment boşlanişiga sabab bölişi mumkin” degan masalada. Endi bu yerda savol tuğiladi: Eron nima qiladi?
Eron rasmiylari aytyapti: “Töğri, Fordo urildi. Şu paytgaça Fordoga hali biror marta zarba berişga erişişmagan edi, lekin qisman biz buni kutgan edik va Fordo zarba yedi. Lekin u yerdagi reaktorlarmi, yoki uranni boyitiş obektimi — uranni biz allaqaçon oldindan prognoz qilib, bir neça soat oldin olib çiqib ketgan edik” degan fikrni aytyapti ular.
Tramp esa: “Töliq yakson qildik, heç narsa qolmadi. Fordo is gone” deb öz fikrlarini ijtimoiy tarmoqlarda joylaştirdi. Eronning javobi qanday böladi degan savol muhim.
Avvalambor, biz hozir Trampning gaplari neçoğlik haqiqatga yaqin ekanini töğri tuşunib olişimiz kerak. Tramp borib, kördimikin? Qöli bilan uşlab kördimikin? Uranni tatib kördimi yo yöqmi — heç kim bilmaydi. Na uning ekspertlari u yerda, na özi. Faqat “side effect” deymiz-da, ya’ni bevosita emas, qandaydir boşqa belgilari orqali masalan, harbiy mutaxassislar, iqlimşunoslar yoki ekologlar tasdiqlab körsatib berişi mumkin. Ya’ni demoqçimanki, hozirça amerikaliklardan heç kim u yerga qadam bosib tekşirgani yöq — nima böldi, nima bölmadi. Şunday ekan, Trampning ta’kidlovi şubhali.
Ikkinçidan, men köproq uranni va umuman bölajak zarbalar ehtimoldan xoli emasligini eronliklar töğri anglab, oldindan uranni olib çiqib ketganiga işonaman. Çunki ular ham anoyi emas. Bölayotgan keskinlikni juda yaxşi kuzatişyapti, Isroil bilan keskinlik kuçayayotganini ham idrok etgan holda. Agar mana şu neça yuz metrlik çuqur laboratoriyani, texnologik jihatdan öta murakkab infratuzilmani yaratgan mutaxassislar, olimlar va rahbariyat hammasini uddalagan ekan, demak, strategik tafakkuri ham şunga yaraşa kuçli deb öylayman.
Ya’ni bunday ssenariy, bunday zarba bölişi mumkin deb inobatga olgan. Ssenariy tahlili deymiz-ku, ya’ni bölişi mumkin bölgan turli ehtimollarni hisobga olgan. Faqat “çuqurga joylaştiramiz, bomba yeta olmaydi” deb öylamagan. Demak, turli çora-tadbirlarni oldindan körgan bölişi mumkin. Va men bunday taxminlarga işonaman.
Aytganingizdek, Amerikaning özida “bizlar bu yerda nima qilib ötiribmiz?” deb Kongress a’zolari e’tiroz bildiryapti. Şu munosabat bilan yana bir fikr: bilasizmi, Respublikaçilar partiyasini tarixan demokratlardan ajratib turuvçi bir muhim omil — izolyatsionistik siyosat hisoblanadi. Buni hatto Tramp boşida tasdiqlagan edi. Izolyatsionistlar dunyo işlariga unçalik aralaşmaydi, “America First” — ya’ni “Avvalo Amerika” şiori bilan çiqişadi. Demokratlar esa köproq globalistik siyosat yuritadi: dunyo işlariga faol aralaşadi, demokratik qadriyatlarni yoyişga harakat qiladi.
Ammo borgan sari, Tramp izolyatsionist emas, öta xavfli globalistik siyosat yuritmoqda deb aytişimiz mumkin. U dunyo işlaridan çetlaşmadi, aksinça, juda faol va xavfli darajada aralaşdi. Hatto buni oçiq-oydin namoyiş qildi: “Bizda dunyodagi eng kuçli armiya, eng kuçli samolyotlar bor”, deb maqtandi.
Eng muhimi, savol tuğiladi: oqibatlarini hisobga oldimi? Tor ma’noda — faqat Eronga qarab, “u yerda yadroviy dastur bor, xavfli darajaga yetgan” degan ajdahoni körgandek harakat qildimi? Yoki uning atrofidagi maslahatçilari buning oqibatlarini hisoblab berdimi?
Keling, taxmin qilaylik, rostdan ham u yerda yadroviy obekt bor va uni yöq qiliş kerak edi. Ularni portlatgandan keyin, faqat Erondagi zaryadi yöq qilindi deb tinçiydimi vaziyat? Axir bu radiatsiya-ku! Bu butun mintaqaga tarqaladi-ku!
Bilasizmi, garçi u oddiy bomba bilan yadroviy obektni urgan bölsa ham, menga bu zarba 1945 yildagi Xirosima va Nagasakiga taşlangan atom bombasini eslatadi. U yerda atom bombasi taşlandi, bu yerda oddiy bomba, lekin nişoni atom obekti. Menimça, bularning farqi yöq. Agar Eronda rostdan ham yadroviy obekt bölgan bölsa va u portlagan bölsa, bu ham xuddi atom bombasi portlagan holatga keladi.
U yerda neça ön yillikka tarqalgan kasalliklar, radiatsiya hozirgaça salbiy ta’sirini körsatyapti. Bu yerda ham Xudo körsatmasin, agar rostdan ham radiatsiya tarqalgan bölsa, atom bombasi taşlanganidan farqsiz bölib qoladi.
Endi The Washington Post özining rasmlarini tarqatdi, bugun men kördim. Eron rahbariyati bu bölişi mumkin bölgan zarbani oldindan bilib, ozgina soat qolganda, ikki kun oldindan boşlab 16 ta yuk maşinasida uranni va u yerdan asosan öziga kerak bölgan muhim qismlarni olib çiqib ketgan bölişi mumkin. Va Eronning özi ham aytyapti: “Biz zarbani oldindan bilar edik, taxmin qilgandik va olib çiqib ketganmiz” degan fikrni bildiryapti.
Lekin Erkinbek aka, iqlimşunossiz, sizni bekorga çaqirmaganmiz. Eron bu — qöşnimizning qöşnisi. Turkmanistondan ötgandan keyin u yoği Eron va Erondagi böladigan har qanday, nafaqat siyosiy, iqtisodiy, balki ekologik, u yerdan böladigan öşa atmosfera bilan boğliq özgarişlar Özbekistonga bir zumda yetib keladi Turkmaniston orqali. Mana, biz özimiz fuqarolarimizni Turkmaniston orqali evakuatsiya qildik, çunki juda yaqin.
Eronda bugun 90 millionga yaqin odam yaşaydi. Faqat Markaziy Osiyo emas, Eronning özi ham e’tibor qaratişga loyiq holatda. Endi ular aytyapti: “Biz yadroviy obektlarni nişonga olib zarba berdik”. Töğri, bu uranni boyitiş obektlari hali töliq yadroviy obekt hisoblanmaydi, şunga intilayotgan. Va agar bular aynan şularni urayotgan bölsa, endi Amerika kanallari tinimsiz ertalabdan beri “radiatsiya yöq, radiatsiya yöq” deyapti. Şamol bölmasa, daraxt uçi qimirlamaydi, bir gap bordirki, bular tinimsiz şu gapni aytişyapti.
Eronning özi ham bayonot berdi: “Bu heç qanday radiatsiya tarqalişiga olib kelmaydi” degan. Lekin baribir biz reallikdan uzoqqa çekinmasdan buni muhokama qilib ötişimiz kerak. Insoniyatga qanday zararlari bor?
Albatta, rahmat. Yuqorida Farhod aka zör gapni aytdi: Xirosima, Nagasaki va hozirgi keys — Amerika Qöşma Ştatlari. U endi juda öxşaş. Bir tomondan öxşaydi, bir tomondan öxşamaydigan joylari ham bor. Nega? Çunki zamon özgaryapti.
Mana, şu Amerika Qöşma Ştatlarining özining Machar degan sun’iy yöldoşi juda ham yuqori aniqlikda, hatto 10 sm, 20 sm kattalikdagi obektni juda aniq köra oladi. Ularda ham ikki kun oldin, 19 iyun kungi tasvirlar bor. Voqea esa 21 iyun, Amerika vaqti bilan. Ikki kun oldin Pentagon körgan holat — ya’ni ular ana şu hududda jimir-jimir, ğimir-ğimir işlar bölayotganini, töğridan töğri şu obektda juda katta yuk maşinalari boşqa joyga çiqib ketayotganini körgandan keyin — bilişimiz mumkinki, uran bilan boyitilmagan obektga zarba berilgan. Bu qörqitişga öxşaş holat.
Yana qiziq tomoni: Eronda ana şu quruvçi samolyotlarga qarşi birorta ham hujum bölmayotgani siyosatşunoslarni ham qiziqtiryapti. Çunki ular talafotlarsiz, xavfsiz kirib boryapti. Uçta şaharga har bir quruvçi samolyot bombardimon bombalarni taşlab, yana heç qanday muammosiz taşqariga çiqib ketyapti. Mana şu holatning özi, haqiqatan ham qiziq.
Har xil feyk xabarlar ham tarqaldi. Umuman olganda, portlaşda uran moddasi 235 uran deyiladi — boyitiladi. Bu uran 235 turli xil termo-yadro reaksiyaga kiritiş, atom elektr stansiyalari uçun reaktorlarda işlatiş uçun kerakli modda. Va yuqorida aytib ötganingizdek, Eron tinç maqsadlarda foydalanadi, deyiladi.
Lekin Eronda uran bilan işlaşda juda yuqori ilmiy maktab bor, olimlar bor. Bekorga u olimlar orqasida hozirgi holatlar yuz bermayapti. Isroil va Eron örtasidagi qarama-qarşiliklar ham bor. Ularda uran 235 moddasi 80–100 metr çuqurlikda, juda qiyin geografik şaroitda saqlanyapti.
Fordodagi portlaş tasvirlarini ham köryapmiz. Tasvirda nur çiqadi. Agar reaksiya yuz bersa, kök rangdagi nur yuzaga keladi. Bu nur radiatsiya tarqalayotganini anglatadi. Lekin hozirgi holatda bunday nur bilan boğliq vaziyat tasvirlarda körinmayapti. Demak, reaksiyaga kirmagan.
Ikkinçidan, MAGATEning özi ham heç qanday radiatsiya tarqalmadi, degan rasmiy ma’lumotlarni beryapti. Va datçiklar — datçiklar deganim, mana şu Eron ob-havo byurosi, gidromet buni özi kuzatadi yoki Turkmaniston ob-havo byurosida ham hozirgi kunlardagi sönggi ma’lumotlar böyiça gapiradigan bölsak, havoda radiatsiya biroz bölsa-da ortişi, radiatsiya miqdorlari kuzatilmadi.
Lekin bilamiz, baribir yoz oylarida biz köp eşitamiz: Eron hududlari orqali bizga Turkmanistondan issiq havo oqimlari kirib keladi, deyiladi. Va bugun ertalabdagi voqea, agar çindan ham juda katta radiatsiya tarqaliş ehtimolini yuzaga keltirganida, bu holat Özbekistonga kirib kelişi mumkin edi — ya’ni Qoraqalpoğiston, Xorazmga ikki-uç sutka içida.
Çunki hozirgi Fordoda şakllanadigan issiq havo oqimi, past bosimli havo oqimi bizga ikki-uç kundan keyin yetib keladi. Toşkentda, masalan, şu seşanba va çorşanba kunlari harorat 40 darajadan yuqori kötariladi, çunki issiq havo oqimlari aynan öşa nuqtadan kirib keladi bizga. Ikkita havo oqimi bizga şu hududdan kirib kelişini hisobga olib gapiradigan bölsak, xavfli vaziyat edi.
Lekin xayriyatki, hozirgi MAGATEning rasmiy ma’lumotlari, sun’iy yöldoş orqali radiatsiyani ölçaydigan turli dasturiy mahsulotlar va bölayotgan voqealar xronologiyasi, şuningdek, ob-havo byurolaridagi dozimetrik ölçovlar özlari “çiyillab yuboradi”.
Masalan, Çernobilda ham sobiq sovet davlati ming marta berkitganiga qaramay, Şved meteorologiya xizmati ana şu datçiklar yonib ketganini, ulardan namuna olib, töğridan töğri reaktor içidagi moddalar portlaşdan yuzaga kelayotgan radioaktiv nur ekanini isbotlagan. Ya’ni öşa paytda ham "ğimir-simirlar" bölgan. SSSR yaşirgan Çernobil voqeasini Ğarb mamlakatlari, xususan, Şvetsiya ob-havo byurosi voqeadan yarim sutka ötgandan keyin: "bu Çernobilda bitta reaktor portlab ketdi" deb rasmiy munosabat bildirgan.
Hozirgi holatdagi voqea ham şunday. Pentagon özining raqamli, situatsion markazida köryapti. Nima uçun öşa yuklarni olib ketişdi — sen körib turibsan-da, yana qay tarzda öşa atom boyitilgan obektga bomba taşlaysan? Menimça, bu V-2 degan qurolni qandaydir eksperiment yoki sinovdan ötkaziş bölgan, deb öylayman.
Yana aytaman, agar radiatsiya tarqalganida, Eron hukumatining özi ham evakuatsiya işlarini boşlab yuborgan bölar edi. Çunki birinçi navbatda radiatsiya 5 km radiusda tarqaladi, keyin 100 kmgaça yetadi. Bu esa töğridan töğri Tehronga töğri keladi. Marşrut va şamol yönalişi ham hozir aynan öşa tomonga qarab ketyapti. Ya’ni avval Fordoda bölayotgan voqea Tehronga, Tehrondan Turkmanistonga, keyin esa bizning Qoraqalpoğiston Respublikasiga ötişi kerak edi.
Lekin hozirgi holatda heç qanday evakuatsiya işlari amalga oşirilmayapti. Demak, bu uçta şaharda amalga oşirilgan missiya — ya’ni uran boyitilgan konlarga zarba beriş özini oqlamadi.
Endi bilmadim, bu qandaydir V-2 ni eksperimentdan ötkaziş holati bölişi mumkin. Va yana bu savolni köpaytiriş kerak, köproq beriş kerak.
Talafotlarsiz çiqib ketişi ham qiziq. Eronda bu darajadagi uçuvçi vositalarni kuzatiş darajasi juda yuqori. Hatto kiçik dron kirib kelsa, siz uni körasiz, töğridan töğri raketa zarbalarini berişga majbur bölasiz. Lekin bu yerda köplab quruvçi samolyotlar talafotlarsiz, muammosiz çiqib ketgan.
Bu degani — V-2 bombardimonçi samolyotlarini urib tuşiriş oson emas. Şunday ma’lumotni ham öqidim.
Endi, Erkin aka, qisqa va lönda qilib aytganda — kuçli nurlaniş xavfi hozir yöq. Va agarda şunaqangi holat yana takrorlansa va töğridan töğri kuçli nurlaniş yuzaga kelsa ham Özbekistonga ta’sir etmaydi. Çunki havo oqimlari hozir Turkmaniston va Özbekiston orqali kirib keliş pozitsiyasiga ega emas. Ular boşqa joyga — janubga, boşqa arab mamlakatlariga yoki, masalan, Ozarboyjonga ketişi mumkin.
Lekin hozirgi bir haftalikda bizda vaziyat barqaror. Bugungisida öşa marşrutdan issiq havo oqimlari kirib kelayotgani tufayli biz ham aynan şu ma’lumotni qöydik. Va öylaymanki, bu juda ham katta termo-yadro portlaşini yuzaga keltirmaydi. Ya’ni xoh ikkinçi operatsiya bölsin, u qançalik maştabli bölmasin — 2000 km radiusda, hatto Toşkentgaça yetib keladigan nurlaniş yoki şamol yönalişi bölgan taqdirda ham, hozirgi jarayonlarga qaraganda, Eronning özi ham kelayotgan xavflarni köryapti va evakuatsiya işlarini boşqa hududlarga köçiryapti.
Yana takrorlayman: hozirgi vaziyat, bilmadim, Pentagon ikki kun oldingi sun’iy yöldoş ma’lumotlaridan körib turibdi öşa hududda nima bölayotganini. Olib ketilayotgan yuklar, maşinalar. Aytyapman-ku, 20 sm aniqlikda köriş mumkin hozir sun’iy yöldoş ma’lumotlaridan. Va hozir havo toza, quyoşli. Ya’ni Eronda ham, bizda ham bulut yöq.
Hatto rasmlarni men kördim. Hatto sanaşingiz ham mumkin — neçta yuk maşinasi kelib, qayerga kirib, yer qa’riga kirib ketyapti. Hammasi körinib turibdi. Va qança yuk qayerdan kirib çiqdi — aytaman, 10 sm aniqlikda köriş mumkin hozirgi sun’iy yöldoş ma’lumotlaridan.
Intervyuni töliq YouTube’da tomoşa qilişingiz mumkin.