Yaman husiylari Eron yadro obektlariga berilgan zarbalarga javoban Qizil dengizda AQŞ kuçlariga hujumlar boşlaş niyatida. Bu haqda husiylar siyosiy byurosining a’zosi Muhammad al-Buheyti Al Jazeera telekanaliga bergan intervyusida ma’lum qildi.
Al-Buheytining ta’kidlaşiça, birinçi bosqiçda Qizil dengizdagi AQŞ kemalariga hujumlar uyuştiriladi. «Ansar Alloh» harakati vakilining sözlariga köra, may oyida AQŞ va husiylar örtasida erişilgan sulh öz kuçini yöqotgan. Öşanda husiylar Yaman hududiga öt oçişlar töxtatilişi evaziga Amerika harbiy kemalariga hujumlar uyuştirmaslik majburiyatini zimmasiga olgandi.
Bundan taşqari, harakat vakilining ogohlantirişiça, agar AQŞ Isroil va Eron örtasidagi mojaroga aralaşadigan bölsa, isyonçi kuçlar mintaqadagi Amerika manfaatlariga zarbalar beradi. Oldinroq husiylar öz harakatlarini Islom inqilobi muhofizlari korpusi kuçlari bilan muvofiqlaştirgani va Isroilga gipertovuşli raketalar orqali zarbalar uyuştirilgani töğrisida xabar berilgandi.
AQŞ prezidenti Donald Trampga köra, Amerika zarbalari yadroviy tahdidga barham beriş maqsadida Eronning uranni boyitişga möljallangan uçta obektiga yönaltirilgan. Bunga javoban husiylar Isroil tomonidan hujumga uçraydigan har qanday arab yoki islom davlatini qöllab-quvvatlaşini ma’lum qildi.

















