Eronga berilgan zarbalar asossiz tajovuzdir va ularni umuman oqlab bölmaydi. Bu haqda Rossiya prezidenti Vladimir Putin Eron taşqi işlar vaziri Abbos Aroqçiy bilan uçraşuvda aytib ötdi.

«Siz Rossiyaga mintaqadagi va mamlakatingiz atrofidagi vaziyat keskinlaşib borayotgan oğir vaqtda taşrif buyurdingiz. Hozirgi voqealar böyiça bizning pozitsiyamiz hammaga ma’lum, buni Rossiya nomidan TIV bildirgan. BMT Xavfsizlik Kengaşida qanday pozitsiyani egallaganimiz ham sizlarga ma’lum», dedi Putin unga yuzlanib.

Putinning fikriça, Rossiya Eronga yordam berişga harakat qilmoqda. Xususan, Putin mintaqadagi mavjud vaziyatdan çiqişning ehtimoliy yöllari haqida birgalikda öylab körişni taklif qildi.

Eron Taşqi işlar vazirligi rahbari 22 iyun kuni Moskvaga bordi. U Putinga oliy rahnamo Ali Xominaiyning maktubini topşiradi, unda Tehron AQŞ zarbalaridan keyin yordam yordam söragan, deb yozdi Reuters.

22 iyunga ötar keçasi Qöşma Ştatlar Eronning uçta yadroviy inşootiga – Isfaxon, Fordo va Natanz şaharlariga qator zarbalar berdi. Şu tariqa Vaşington yadroviy dasturi tufayli Eronga qarşi harbiy operatsiya ötkazayotgan Isroilga qöşildi. AQŞ prezidenti Donald Tramp sözlariga köra, obektlarga yetkazilgan zarar juda katta bölgan. Isroil boş vaziri Binyamin Netanyahu Eron va Ğazo sektoridagi maqsadlariga yaqinlaşayotganini ma’lum qildi. Tehron AQŞ hujumidan keyin javob çoralarini e’lon qildi.