Unda ta’kidlanişiça, bugungi kunda dunyo barqaror rivojlanişga tösiq bölayotgan siyosiy ziddiyatlarning kuçayişi, iqlim özgarişi, tabiiy va inson resurslarining tanqisligi, kibertahdidlar kabi global muammolar bilan töqnaş kelmoqda.

“2030 yilga qadar 5 yil: Barqaror kelajak uçun xizmat körsatiş jarayonlarini jadallaştiriş” mavzusida ötkazilayotgan mazkur xalqaro anjuman global taraqqiyotda muhim örin tutadigan davlat boşqaruvi va davlat xizmati tizimini takomillaştiriş, uni zamon bilan hamnafas holda yangi bosqiçga kötariş, kadrlar salohiyati va ularning faoliyat samaradorligini oşiriş, bu borada xalqaro hamkorlikni mustahkamlaşga xizmat qilişi şubhasiz.

Mazkur tadbirda Birlaşgan Millatlar Taşkiloti va boşqa nufuzli xalqaro tuzilmalar, dunyoning turli qit’a va mintaqa davlatlaridan kelgan 400 ga yaqin delegatlar iştirok etayotgani ham uşbu an’anaviy anjumanning maqomi tobora ortib borayotganini yaqqol körsatadi.

Qayd etilişiça, bugungi kunda davlat boşqaruvida raqamli transformatsiyani rağbatlantiriş, davlat xizmatlarini körsatişning innovatsion yeçimlarini qöllaş, davlat sektori institutlarida samaradorlikni keskin oşiriş, liderlik boşqaruv uslubini rivojlantiriş, uzluksiz ta’lim olişni kengaytiriş va bölajak rahbarlar uçun zarur könikmalarni belgilaş böyiça ilğor tajriba almaşiş har qaçongidan ham dolzarb ahamiyatga egadir.

"Dunyoga tobora oçilayotgan, jadal islohotlar yölidan borayotgan va ilğor xalqaro tajribani keng tatbiq etayotgan, “davlat – xalq uçun” tamoyiliga qat’iy amal qilib kelayotgan Yangi Özbekiston davlat xizmati sohasida global özgarişlarning ajralmas bir qismiga aylanayotganini alohida ta’kidlaşni istar edim.

Sönggi yillarda Özbekistonda davlat xizmatini çinakamiga inklyuziv xalq xizmatiga aylantiriş böyiça tizimli islohotlarni olib bormoqdamiz. Jumladan, xalqaro ekspertlar bilan birgalikda “Davlat fuqarolik xizmati” töğrisidagi qonun tayyorlandi", dedi prezident.

Islohotlarning har bir xonadonga qadar kirib borişi uçun “mahallabay” işlaş tizimi yölga qöyildi, manzilli kömak va ijtimoiy himoya instituti kuçaytirildi, xotin-qizlarning davlat boşqaruvidagi uluşi 35 foizga yetib, mamlakat bu borada mintaqada yetakçi örinni egalladi. 700 dan ziyod davlat xizmatlari “yagona darça” tamoyili asosida onlayn platformalar orqali amalga oşirilmoqda.

Davlat xizmati va boşqaruvi jarayonlarini töliq raqamlaştiriş natijasida Özbekiston Birlaşgan Millatlar Taşkilotining elektron hukumatlar rivojlaniş darajasi böyiça global reytingida 24 poğonaga, Sun’iy intellektga tayyorlik böyiça xalqaro indeksda sönggi bir yil içida 17 poğonaga kötarildi.