BMT boş kotibi Antoniu Guterriş AQŞning Eron yadro obektlariga bergan zarbalarini “xalqaro tinçlik va xavfsizlikka töğridan-töğri tahdid” deya atadi. U mintaqadagi vaziyat şundoq ham xavf yoqasida ekanligini qayd etdi.

Yevrokomissiya prezidenti Ursula fon der Lyayyen X tarmoğida “Eron heç qaçon yadro quroliga ega bölmasligi kerak”ligini yozib qoldirdi.

Buyuk Britaniya boş vaziri Kir Starmer AQŞ hujumi haqida gapirarkan, “Eronning yadro qurolini işlab çiqişiga heç qaçon yöl qöyib bölmasligini, AQŞ bölsa bu xavfni bartaraf qiliş çoralarini körganini” aytdi. Starmer Eronni muzokaralar stoliga qaytişga çaqirdi.

Rossiya Taşqi işlar vazirligi AQŞning Erondagi yadroviy obektlarga bergan zarbalarini qat’iy qoraladi. Vazirlik e’lon qilgan bayonotda 22 iyun kungi hujumlar “xalqaro huquqni buziş” ekanligi qayd etilgan.

“Şundoq ham köplab inqirozlar girdobidagi Yaqin Şarqda mojaroning kuçayiş xavfi sezilarli darajada oşdi”, — deyiladi Rossiya TIV bayonotida.

Rossiya prezidenti Vladimir Putin esa 23 iyun kuni Eron taşqi işlar vaziri Abbos Aroqçiy bilan uçraşuvda “Eronga qarşi tajovuzning heç qanday asosi yöq”ligini aytdi.

Xitoy ham AQŞning hujumini qoraladi. Mamlakat TIV rasmiy vakili Mao Ning tomonidan e’lon qilgan bayonotda Xitoy tomonlarni, ayniqsa, Isroilni ham iloji boriça tezroq öt oçişni töxtatişga çaqirdi. Bundan taşqari Xitoyning Yaqin Şarqda tinçlik va barqarorlikni qayta örnatişga xalqaro hamjamiyat bilan hamkorlikka tayyorligi ma’lum qilindi.

Yaponiya boş vaziri Şigeru Işiba sodir bölayotgan voqealardan jiddiy xavotirda ekanligini, keskinlikni kamaytiriş zarurligini, şu bilan birga Eron yadro dasturini “jilovlaş” muhimligini aytdi.

Turkiya prezidenti administratsiyasi Aloqa boşqarmasi direktori Faxriddin Altun AQŞning Eronning yadroviy inşootlariga aviazarbasi va AQŞning Isroilning Eronga qarşi tajovuziga qöşilişini “Yaqin Şarqda tinçlik va barqarorlikni emas, tartibsizlikni keltirib çiqaradigan yangi qadam” deya atadi.

Arab mamlakatlari ham AQŞning hujumlariga reaksiya bildirdi. Xususan, AQŞ bilan xavfsizlik sohasida mustahkam aloqalarga ega Saudiya Arabistoni “Eron suverenitetining buzilişini qoralaşini va muammoni yeçiş uçun vazminlik zarurligini” qayd etdi.

Hududida AQŞ bazalari joylaşgan Iroq bu hujumlarni qoraladi. Hukumat vakili Bosim Alavadiy hujumni “Yaqin Şarqdagi tinçlik va xavfsizlikka jiddiy tahdid” deya atadi.