Vengriya va Slovakiya Yevropa Ittifoqiga a’zo davlatlar TIV rahbarlarining Bryusselda ötkazilgan uçraşuvida Rossiyaga nisbatan sanksiyalarning 18-paketi qabul qilinişiga qarşi çiqdi. Bu haqda Vengriya taşqi işlar vaziri Peter Siyyarto ma’lum qildi.
«Biz Slovakiya bilan birga sanksiyalarning 18-paketi qabul qilinişiga tösqinlik qildik. Mazkur holatda Yevropa Ittifoqi davlatlariga, jumladan, Vengriya va Slovakiyaga ham Rossiya tabiiy gazi va arzon neft xomaşyosini xarid qiliş taqiqlangan bölardi», - deydi vazir.
Siyyartoning sözlariga köra Vengriya vakillari, şuningdek, Ukrainaga körsatiladigan moliyaviy yoki harbiy yordamni, şuningdek, harbiy operatsiyalarni qöllab-quvvatlaşga tayyor emasliklarini bildirgan.
Yevropa komissiyasi Rossiyaga qarşi sanksiyalarning 18-paketini qabul qilişni iyun boşlarida taklif qilgandi. Çeklovlarning yangi paketi Rossiyaning «Şimoliy oqim» gaz quvurlari, allaqaçon joriy etilgan sanksiyalarni çetlab ötiş bilan şuğullanayotgan banklar va RF harbiy sanoatiga qaratilgan. Yevrokomissiya, şuningdek, Rossiya nefti uçun eng yuqori narxni barrelli uçun 60 dollardan 45 dollargaça tuşirişni taklif qilgan.









