Xitoy AQŞning Eron yadroviy inşootlariga zarba berişini qoralaydi. Bu haqda Xitoy Taşqi işlar vazirligi bayonotida aytiladi.
«Xitoy AQŞning Eronga hujumini va uning Atom energiyasi xalqaro agentligi nazorati ostidagi yadro inşootlariga hujumini keskin qoralaydi. AQŞning bu harakati BMT nizomining maqsad va tamoyillarini jiddiy buzadi», — deya ta’kidladi vazirlik.
Xitoy Taşqi işlar vazirligining qöşimça qilişiça, AQŞ harbiy-havo kuçlarining hujumi Yaqin Şarqdagi keskinlikni yanada kuçaytirmoqda.
Pekin barça tomonlarni, xususan Isroilni mojaroni hal qiliş uçun muzokaralar olib borişga çaqirdi. Xitoy Taşqi işlar vazirligi Pekin muzokaralarni osonlaştirişga tayyorligini bildirdi.









