Donald Tramp ma’muriyati noqonuniy migrantlarga qarşi murosasiz kuraşda navbatdagi muhim ğalabaga erişdi, deb yozdi «Kommersant». AQŞ Oliy sudi ularni uçinçi mamlakatlarga deportatsiyasini qayta tiklaşga ruxsat berdi va şu bilan quyi sudning uşbu amaliyotni noqonuniy va ğayriinsoniy deb topgan qarorini bekor qildi.
AQŞ Oliy sudining 23 iyun kungi qarori bir ovozdan qabul qilinmadi: 9 nafar sudyadan 6 nafari migrantlarni öz vatanidan boşqa mamlakatlarga deportatsiya qiliş ğayriqonuniy emas, degan qarorga kelib, bunday amaliyotlarning qayta tiklanişiga «yaşil çiroq yoqdi».
Joriy sud mahkamasiga Myanma, Kuba, Meksika, Laos, Vetnam va Janubiy Sudandan kelgan sakkiz nafar migrantning işi sabab böldi - Tramp ma’muriyatiga köra, ular Qöşma Ştatlarda «dahşatli jinoyatlar», jumladan, qotillik, öt qöyiş va qurolli talonçilikni sodir qilgan. May oyida sakkiz kişining barçasi Janubiy Sudanga, AQŞ Davlat departamenti rasman «jinoyat, odam öğirlaş va qurolli mojaro tufayli» xavfli deb tasniflangan mamlakatga deportatsiya qilinişi haqida buyruq berildi.
Ammo advokatlar va AQŞ Boston okrugi sudyasi Brayan Merfi (Jo Bayden tomonidan tayinlangan) aralaşuvi tufayli migrantlar sud jarayonida Jibutidagi AQŞ harbiy bazasida qolib ketdi. Keyinçalik AQŞ Boş prokuraturasi şikoyat qilganidek, immigratsiya rasmiylari hatto harbiy bazadagi konferensiya zalida «xavfli jinoyatçilar uçun vaqtinçalik hibsxona taşkil qilişga» töğri keldi.
Oliy sud qarori respublikaçi prezidentning ommaviy deportatsiyalar böyiça rejalarini amalga oşirişdagi navbatdagi ğalabasi böldi va AQŞ Içki xavfsizlik departamentiga köra, bu ham «Amerika xalqi xavfsizligi uçun ğalaba» edi. «Deportatsiya samolyotlarini uçiring», deb qiçqirdi Milliy xavfsizlik kotibi yordamçisi Trisiya Maklaflin sudyalar hukmidan keyin.
Avvalroq, The Washington Post naşrining yozişiça, joriy yilda Qöşma Ştatlardan 1 milliongaça migrantni deportatsiya etişni öz oldiga maqsad qilib qöygan Donald Tramp navbatdagi muhim ğalabani qölga kiritgan edi. 20 may kuni Oliy sud Tramp ma’muriyatiga AQŞ hududida vaqtinçalik boşpana beriş dasturi doirasida yaşovçi 350 mingga yaqin venesuelalik migrantni deportatsiya qilişga ruxsat berdi. Bir neça kundan söng, yana bir qarorda sudyalar Jo Baydenning Kuba, Haiti, Nikaragua va Venesueladan kelgan yarim millionga yaqin migrantlarga AQŞ hududida ikki yil qolib, soddalaştirilgan tartibda işlaş uçun ruxsatnoma oliş imkonini beruvçi gumanitar dasturini töxtatişga ruxsat berdi.
Bir qator davlatlar Qöşma Ştatlardan çiqarib yuborilgan fuqarolarini qaytarib olişni istamasligi fonida Oq uy muammoni noqonuniy migrantlarga heç qanday aloqasi bölmagan, ammo bu orqali pul işlaşga intilayotgan uçinçi davlatlarni jarayonga jalb etiş orqali hal qila boşladi. Salvador, Panama va Kosta-Rika deportatsiya etilganlarni qabul qilişga kelişib oldi. Ba’zi ma’lumotlarga köra, Ruanda va Liviya hukumatlari bilan ham şunday kelişuvlar mavjud.









