Börijar kanali böyida bir neça oy oldin bölgani kabi yana daraxtlar kesildi. Quruvçi daraxtlar “köçirilgani”, aholi vakillari esa yarim tunda kesilib, şu yerning öziga kömib taşlanganini aytmoqda. Bu yerda 16 qavatli uy qurilişiga ruxsat berilgan. Ekoinspektor holatni örganib ketdi, lekin örganiş natijalari oçiqlanmayapti.
Çilonzor tumani 1-Çarx Komolon mahallasida, Börijar kanali böyida yana daraxt kesilmoqda. Kun.uz muxbiri aholi murojaatiga asosan holatni örgandi.
Kun.uz bu hududda 30 ga yaqin daraxt kesilgani haqida joriy yil fevral oyida ham xabar bergan edi. Fuqarolarga köra, daraxt kesuvçilar kuni keça yana paydo bölgan: 19 iyunga ötar keçasi tunda 3-4 ta daraxt tag-tomiri bilan qöporib taşlangan.
“Devorni örab oldi, orqadagi daraxtlarni nima qilsa qilyapti, öziça kesib taşlayapti. Prezidentimiz “kesmagin” degan, bular kesyapti. Bitta ham daraxt qolmadi”, – deydi mahalla faoli Hamidulla Şorahbarov.
Yana bir fuqaro oxirgi kesilgan akatsiya daraxtlari 80-90 yillik bölganini taxmin qildi.
“Keça keçqurun soat 02:00 larda boşlandi. Traktor tovuşidan uyğonib çiqdim. Hamma daraxtni davlat raqamisiz traktor olib taşladi. Bular unça-munçaga katta böladigan daraxtlar emas. Unga ança mehnat kerak. Bular boşida kelganda bizga hujjat körsatganda, kadastrda savdo-maişiy, köngiloçar joylar qilamiz degan. Mana hozir domga aylandi”, – deydi u.
Kun.uz muxbiri voqea joyida daraxtlar bilan boğliq holatni örganib ketayotgan ekoinspektorga mikrofon tutdi.
“Hozir töliq ma’lumotga ega emasmiz, örganişlar olib boryapmiz. Bizga köçirgan deb aytişyapti. Öşa köçirgani böyiça joyiga çiqib örganmoqçimiz: haqiqatan köçirganmi-yöqmi? Tegişli dalolatnomalarni tuzib, qonun buzilişi holati böyiça ma’muriy bayonnoma rasmiylaştiriladi. Hozir bu yerga kirib, quriliş obekti rahbarlaridan tuşuntirişlar olindi va köçirgan şaxs çaqirtirildi”, – deydi Çilonzor tumani ekoinspektori Şukrullo Abdurahmonov.
Aholi vakillariga köra, kesilgan daraxtlar şu yerning öziga kömib qöyilgan. Ekoinspektor Abdurahmonov esa yuqorida keltirilgan gaplaridan keyin oradan 5 kun ötgan bölsa, daraxtlar haqida ma’lumot bermadi. Toşkent şahar ekologiya boşqarmasi matbuot xizmati ham bu boradagi sörovlarni javobsiz qoldirdi.








