Qonunçilik palatasining 24 iyundagi majlisida yoqilği-energetika sohasidagi huquqbuzarliklarga qarşi kuraşiş mexanizmlarini takomillaştirişga qaratilgan qonun loyihasi deputatlar tomonidan qabul qilindi.
Qayd qilinişiça, tadbirkorlik sub’yekti tomonidan elektr va issiqlik energiyasini behuda sarflaş, tabiiy gazdan yoqilği yoki xomaşyo sifatida foydalaniş bilan boğliq huquqbuzarliklar sodir etilsa javobgarlikka faqat taşkilotning mansabdor şaxsi tortilmoqda. Bu borada huquqbuzarlik sodir etgan yakka tartibdagi tadbirkorlarni esa javobgarlikka tortiş asoslari belgilanmagan.
Xususan, 2024 yilda yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan energiyani behuda sarflaş bilan boğliq 17,6 mingta, gazdan yoqilği yoki xomaşyo sifatida foydalaniş qoidalarini buziş bilan boğliq 7,6 mingta holat aniqlangan.
Bundan taşqari, «Özenergoinspeksiya»ning ma’muriy huquqbuzarlik töğrisida bayonnoma tuziş vakolatlari qonun hujjatlarida aniq belgilab qöyilmagan. Içki işlar organlari va Favqulodda vaziyatlar vazirligi xodimlariga ham uşbu sohada ma’muriy bayonnoma rasmiylaştiriş vakolati berilmagan.
Şundan kelib çiqib, mazkur qonun loyihasi bilan «Özenergoinspeksiya»ning ma’muriy huquqbuzarliklar böyiça bayonnoma rasmiylaştiriş vakolati aniq belgilanmoqda. Içki işlar organlari va Favqulodda vaziyatlar vazirligi xodimlariga esa yoritiş uçun elektr energiyasidan behuda xöjasizlarça foydalaniş huquqbuzarligi uçun ma’muriy bayonnoma rasmiylaştiriş vakolatini beriş taklif etilgan. Şuningdek, energiya resurslaridan behuda foydalaniş bilan boğliq huquqbuzarliklar böyiça yakka tartibdagi tadbirkorlar ham ma’muriy huquqbuzarlik sub’yekti sifatida belgilanmoqda.
Şu bilan birga, elektr energiyasi, gaz va suv tarmoqlariga qonunga xilof ravişda ulanib, ularni öğirlaganlik uçun javobgarlik çoralari kuçaytirilmoqda.
Jumladan, Jinoyat kodeksidagi elektr, issiqlik energiyasi, gaz, içimlik suvi tarmoğidan foydalaniş qoidalarini buziş uçun belgilangan jarima miqdori oşiriladi. Belgilangan ma’muriy jazodan söng takroran sodir etilgan huquqbuzarlik uçun jazo kuçaytiriladi. Ma’muriy javobgarlik töğrisidagi kodeksining bir neça moddalariga qöşimça va aniqlaştiruvçi normalar kiritiladi.
2023 yil iyun oyida Ma’muriy javobgarlik töğrisidagi kodeks hamda Jinoyat kodeksiga kiritilgan özgartiş va qöşimçalarga köra, elektr, issiqlik, gaz yoki içimlik suvidan noqonuniy foydalanganlik uçun 5 yilgaça ozodlikdan mahrum qiliş jazosi qöllanişi mumkin. Huquqbuzarlikni oz miqdorda sodir etganlarga BHM 10 baravaridan 20 baravarigaça miqdorda jarima yoki 15 sutkagaça ma’muriy qamoq jazo çoralari körilişi mumkin.







