Mamlakat iqtisodiyotini barqaror quvvat manbalari bilan ta’minlaş maqsadida “yaşil” energetika jadal rivojlantirilmoqda. Qisqa davrda bu sohaga qariyb 6 milliard dollar töğridan-töğri xorijiy investitsiya kirib keldi. Yillik elektr energiyasi işlab çiqariş hajmi avvalgi 59 milliarddan hozirda 82 milliard kilovatt soatga yetdi.

2030 yilga borib, yurtimiz aholisi 41 milliondan, iqtisodiyot hajmi 200 milliard dollardan oşişi kutilmoqda. Bu elektr energiyasiga qöşimça talab tuğdiradi. Şuning uçun qayta tiklanuvçi energiya manbalarini keng işga soliş çoralari körilmoqda.

Taqdimotda bu yil amalga oşirilayotgan loyihalar va yaqin kelajakdagi rejalar haqida axborot berildi. Ulardan asosiy maqsad generatsiya, modernizatsiya va energiya samaradorlikdir.

Xususan, yil yakunigaça 12 ta quyoş va 4 ta şamol elektr stansiyasi, 12 ta energiya saqlaş tizimi işga tuşiriladi. Ularga investitsiya hajmi jami 5 milliard dollardan ziyod bölib, salkam 9 milliard kilovatt-soat quvvatga ega böladi. Şuningdek, bu yil umumiy qiymati 7 milliard 200 million dollarlik yana 11 ta loyiha qurilişi boşlanadi.

Energiyani nafaqat işlab çiqariş, balki tejaş ham juda muhim. Davlat rahbari tomonidan energiya isrofini kamaytiriş, ayniqsa, yirik sanoat korxonalarida tejamkor uskunalar örnatiş vazifasi qöyilgan.

Jami elektr iste’molining uçdan bir qismi 18 ta tarmoqqa töğri keladi. Masalan, suv xöjaligidagi nasoslarga yiliga 6,5 milliard kilovatt soat elektr sarflanyapti.

Şu bois 12 ta yirik nasosni modernizatsiya qilib, har biriga 75-100 megavattli quyoş stansiyasi hamda 50 megavattli saqlaş qurilmasi örnatiş vazifasi belgilandi. Natijada nasoslarning elektr sarfi yiliga 2 milliard kilovatt-soatga kamayib, 4,5 milliard kilovattga tuşadi. Bu işlar, avvalo, suv çiqariş tannarxi baland bölgan Qarşi magistral kanalidan boşlanadi.

Neft-gaz korxonalarida ham 240 megavattli quyoş stansiyasi va 300 megavattli saqlaş qurilmalari örnatib, kamida 600 million kilovatt-soat elektr oliş imkoniyati bor.

Yiğilişda elektr iste’moli yuqori 18 ta tarmoqni özini özi energiya bilan ta’minlaydigan tizimga ötkaziş çora-tadbirlari muhokama qilindi. Ijtimoiy muassasalarda quyoş energiyasidan foydalaniş borasidagi işlar haqida ham axborot berildi.