Eron AQŞning Qatardagi bazasiga hujum qildi. Ha, töğri eşitingiz, Eron arab davlati hududiga raketa uçirdi. Bu çinakam köz körib quloq eşitmagan voqea böldi.

Qatar osmonida raketa

Yaqin Şarqda uruş deganda, odatda, Isroil Falastin, Iroq yoki Suriya hududidagi töqnaşuvlar tuşuniladi. Saudiyadagi Saudi Aramco zavodiga yamanlik husiyçilar har zamonda raketa ham uçirib turişadi. Bor-ey, BAAda ham şov-şuvli qotilliklar, juda bölmasa, piçoqbozliklar bölib turadi. Kuvayt ham bir neça yil avval Iroq bilan uruşgan.

Lekin mintaqada bir davlat borki u yerda qandaydir uruş ketişi, osmonida raketa uçişini tasavvur qilolmaysiz. Bu – Qatar. Men Qatarda 40 kun yaşagan odam sifatida aytaman, bu davlatda politsiya yoki biror qoidani buzgan hind haydovçini yoki futbol öyiniga soxta çipta sotayotgan biror muhojirni qölga olib qamaşi mumkin. Albatta, jinoyat hamma yerda böladi, lekin men bu misollarni Qatar qançalik tinç, uruşdan yiroq davlat ekanini tuşuntiriş uçun aytdim.

Bugun mana şu Qatarning osmonöpar binolari ustida raketalar uçdi. Ularning uriş uçun havo hujumidan mudofaa tizimlari işga tuşirildi. Men Qatar uzra Eron raketalari uçayotganini körib işonolmadim töğrisi. Axir Qatar arab davaltlari içida Eron eng qalin bölgan davlatlardan edi.

Oltita raketa

Eron Doha yaqinida joylaşgan AQŞga tegişli «Al Udeyda» aviabazasiga hujum qildi. Eron tomoniga köra, baza töliq yöq qilingan, lekin Qatar tomoni barça raketalar tutib qolinganini aytmoqda.

Eron tomoni bu AQŞning mamlakat yadro obektlariga zarbasiga javob bölgani haqida bayonot berdi. Qatar Eronga javob beriş huquqiga egaligini eslatdi. Doha hujumni Qatar suverenitetiga oçiq tahdid deb qabul qilişini bildirgan. Amerika naşrlariga köra, Qatardagi bazaga oltita raketa taşlangan.

Tramp Eronga rahmat aytdi

Donald Tramp Eron Qatardagi bazaga 14 ta raketa otgani, ulardan 13 tasi urib tuşirilgani va bittasi noaniq ketganini aytdi. Va diqqat qiling, Tramp Eronga hujum haqida oldindan ogohlantirgani uçun rahmat aytdi. Tuşundingiz-a? Eron AQŞga qaysidir davlat orqali aloqaga çiqib, örtoqlar biz sizning Qatardagi aviabazangizga zarba beramiz, ehtiyot bölinglar degan ekan. Har holda Amerika prezidenti şunaqa deyapti.

Tramp postida şu bilan Eron bilan töqnaşuv tugadi degan mazmunda gapirib, Tehron endi tinçlikni tanlaşi kerakligini qöşimça qilgan.  Şuningdek, Tramp Eron nomigagina hujum qildi degan mazmunda hazil ham qilgan.