Berlin Eronning Qatardagi AQŞning Al Udeyd bazasiga hujum qiliş niyati haqida oldindan bilmagan. Bu haqda 23 iyun, duşanba oqşomida Germaniya taşqi işlar vaziri Yoxann Vadeful Germaniyaning ARD jamoat telekanalining Tagesthemen yangiliklar dasturida ma’lum qildi.
«Biz Qatar öz havo hududini yopganini eşitdik, şuning uçun buni (AQŞning Qatardagi Al-Udeyd bazasiga hujum) kutiş mumkin edi», deb tan oldi nemis diplomatiyasi rahbari.
Eronning Qatardagi AQŞ bazasiga hujumini qoralagan Vadefulga köra, Tehronning bu qadami 22 iyunga ötar keçasi Eron yadro inşootlariga hujum qilgan AQŞ harakatlariga «javob» böldi. Şu bilan birga, vazir AQŞ prezidenti Donald Tramp, uning fikriça, Eron hujumiga şu qadar ehtiyotkorlik bilan javob berganidan xursand bölgan: «Şunday qilib, keyingi eskalatsiya yuz bermaydigandek tuyulyapti».
Şu bilan birga, Germaniya taşqi işlar vazirligi rahbari hozirda AQŞ va Eronning muzokara stoliga ötirişi uçun «juda katta imkoniyat bor»ligini aytdi.
AQŞning Eron yadro inşootlariga zarbalariga töxtalib, Yoxann Vadeful xalqaro huquq nuqtayi nazaridan ularga yakuniy baho berişdan boş tortdi va bu masala böyiça AQŞ va Isroilda mavjud bölgan barça ma’lumotlarga ega emasligini asoslab berdi. Avvalroq Fransiya prezidenti Emmanuel Makron uşbu operatsiyani amalga oşiriş uçun zarur huquqiy asos yöqligini aytgan edi, deb eslatadi dpa.
London Qirollik kollejining mudofaa masalalari böyiça mutaxassisi Marina Miron DW naşriga bergan intervyusida Eronning Qatardagi AQŞ harbiy bazasiga hujumini «namoyişkorona» deb atadi, çunki uning fikriça, Al-Udeyd bazasi Amerikaning Yaqin Şarqdagi ta’sir doirasining dastagidir.
Şu bilan birga, ekspert Eron özining qurol-yaroğ omborlari yöq qilingani haqidagi xabarlarga qaramay, qisqa va örta masofaga uçuvçi raketalar yordamida uşbu operatsiyani qanday tezlikda amalga oşira olganiga e’tibor qaratdi.
U Eron öz hududida joylaşgan AQŞ bazasiga hujum qilgandan keyin Qatarning Erondagi nişonlarga zarba beriş ehtimolini past deb baholadi.











