Isroil rasmiylari Eron bilan harbiy mojaroda avvalroq AQŞ prezidenti Donald Tramp tomonidan e’lon qilingan öt oçişni töxtatiş kelişuvi kuçga kirganini tasdiqladi. Bu haqda 24 iyun, seşanba kuni ertalab Isroil boş vaziri Binyamin Netanyahuning idorasi ma’lum qildi. Bayonotga köra, Netanyahu öz vazirlar mahkamasiga Isroil özining barça harbiy maqsadlariga erişganini ma’lum qilgan.
Bu bayonot Trampning Truth Social mikroblogidagi yangi postidan keyin berilgan. U Eron va Isroil örtasidagi öt oçişni töxtatiş kelişuvi kuçga kirganini yozdi. «Otaşkesim allaqaçon amalda. Iltimos, uni buzmang», dedi u.
Bundan oldin, tunda Tramp harbiy amaliyotlarning töxtatilişi bosqiçma-bosqiç amalga oşirilişini tuşuntirdi: Eron Isroilga hujumlarni taxminan ertalab soat 6:00 da töxtatişi kerak, Isroil esa 12 soatdan keyin şunga amal qiladi. 24 soatlik muddatdan söng, Trampning sözlariga köra, uruş «rasmiy ravişda tugaydi».
Ayni paytda keçasi Eron taşqi işlar vaziri Abbos Arağçi Trampning Isroil bilan öt oçişni töxtatiş böyiça kelişuvga erişgani haqidagi bayonotini rad etdi. Şu bilan birga, u X ijtimoiy tarmoğida Isroil 24 iyun kuni ertalab soat 4:00 ga qadar harbiy harakatlarini töxtatsa, Eron unga zarba berişni töxtatişini yozdi. Tehron harbiy harakatlarni töxtatiş böyiça yakuniy qarorni keyinroq qabul qiladi, deya qöşimça qildi Arağçi.










