Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov AQŞning Eron obektlariga hujumidan söng yadro qurolini tarqatmaslik rejimi amalda katta zarbaga uçraganini aytdi.
«Yadro qurolini tarqatmaslik rejimi mavjud. De-yure u mavjud, lekin de-fakto rejim Eron hududida momaqaldiroq kabi kuzatilgan bu zarbalar bilan juda katta zarba oldi», — dedi u jurnalistlarga.
22 iyunda AQŞ Isroilning Eronga qarşi operatsiyasiga qöşildi: Amerika havo kuçlari Eronning Natanz, Fordo va Isfahondagi yadroviy inşootlariga zarba berdi.
Amerika tomonining ta’kidlaşiça, Eron yadro inşootlari butunlay vayron qilingan.
AEXA zarbalar oqibatida yetkazilgan zararni hali baholay olmaganini ma’lum qildi.









