- Yevropa Ittifoqi butun dunyo böylab işonçli hamkorlar bilan aloqalarni kuçaytirmoqda. Özbekiston esa bu jarayonda muhim şerikdir. Bu haqda Yevropa Ittifoqining Özbekistondagi elçisi Toivo Klaar bugun MINEX Central Asia 2025 forumidagi nutqida ta’kidlab ötdi. Şuningdek, elçi: “Özbekiston keng geologik boyliklar va jadal rivojlanayotgan kon-metallurgiya sanoatiga ega. Sizlar qazib olişda özingiz egalik qilişni, öz sanoatingizni rivojlantirişni, iş örinlari yaratişni, malaka va bilimlarni şakllantirişni hamda qiymat zanjiri böylab yuqoriga kötarilişni xohlaysiz. Yevropa taklifining tub mohiyati ham aynan şu, deya nutqini davom etdi.
Forumdagi asosiy mavzu kritik xomaşyo sohasiga qaratilib, unda mazkur sohada amalga oşiriladigan işlarga töxtalib ötildi. Xususan, unda keyingi uç yil içida amalga oşiriladigan asosiy loyihalar qatoriga volfram, litiy va molibden konlarini özlaştiriş kirişi, uşbu yönalişlar böyiça 2028 yilga borib umumiy daromad 1,5 milliard dollardan oşişi aytib ötildi.

Özbekiston texnologik metallar kombinati boşqaruv raisi maslahatçisi Ilhan Han:
“- Markaziy Osiyo tabiiy resurslarga boy ekani barçamizga ma’lum. Biroq Özbekistonni boşqalardan ajratib turuvçi jihat — bu yerda kritik minerallar miqdori juda köp va ular avvaldan örganib kelingan. Prezidentning uluğvor qaraşi va masalani öz vaqtida anglay bilişi natijasida, sanoat uçun muhim xomaşyolarni ta’minlaş yönalişida Özbekiston texnologik metallar kombinati (TMK) taşkil etildi. Özbekiston boy tabiiy resurslarga ega omadli mamlakat, TMK esa uşbu boyliklarni jahon bozoriga olib çiqiş işida mas’ul kombinatdir.”
Qizğin bahs va netvorking uçun haqiqiy maydonga aylangan forumda 21 ta mamlakatdan 200 dan ortiq diplomatik missiyalar, xalqaro kompaniya vakillari, xalqaro investorlar, geologiya sohasining nufuzli ekspertlari iştirok etmoqda.
Şuningdek, forumda Qozoğiston Respublikasi Sanoat va quriliş vaziri örinbosari Iran Şarxan ham öz nutqida Özbekistonda mavjud bölgan foydali qazilmalar sektori Qozoğiston uçun eng istiqbolli yönalişlardan biri ekanligini ta’kidladi.
Hozirda biz Markaziy Osiyo, xususan, Özbekiston bilan kritik minerallar sohasidagi hamkorlikni çuqurlaştiriş böyiça takliflar ustida işlayapmiz, deydi vazir örinbosari.

Forumda MINEX Ijroiya qömitasi raisi tomonidan Toğ-kon va geologiya vazirligi hamda Özbekiston texnologik metallar kombinati (TMK)ga mazkur forumni taşkil etişda taşabbus körsatganliklari uçun minnatdorçilik bildirib, maxsus taşakkurnoma berildi.



